Farg‘ona viloyatida Mustaqillik bayramining shukuhi o‘zgacha










Farg‘onada Mustaqillik bayramining shukuhi o‘zgacha Farg‘ona shahridagi Ekoshahar amfiteatrida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi "Umummilliy birdamlik festivali" doirasida gala-konsert tashkil etildi. O‘zbekiston xalq artistlari, taniqli professorlar, shoir va yozuvchilar, aktyorlar, xushovoz xonandalar hamda yosh ijodkorlar ishtirok etgan tadbir barchaga yuqori kayfiyat bag‘ishladi. Tantanada so‘z olganlar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan viloyat hokimligi, Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Madaniyat vazirligi va boshqa vazirlik, idoralar hamkorligida bo‘lib o‘tayotgan tadbirlar mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdilar. Targ‘ibot guruhlari a‘zolari yoshlar va keng jamoatchilik o‘rtasida Vatanga muhabbat, sadoqat, tinchliksevarlik, do‘stlik, bag‘rikenglik g‘oyalarini keng targ‘ib etish, aholida ijtimoiy faollik, ma‘naviy barqarorlik, professional va shaxsiy rivojlanishga bo‘lgan intilishni kuchaytirishga o‘z hissalarini qo‘shib kelayotganlari alohida e‘tirof etildi. Qo‘qon va Farg‘ona shaharlari, Bag‘dod, Buvayda, Uchko‘prik, Farg‘ona va Quva tumanlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar, festivalь doirasida amalga oshirilgan “Inson qadri”, “Shijoat”, “Umummilliy birdamlik”, “Baxtli bolalik sharafiga”, “Maslahat oshi”, “Farovon hayotga ilk qadam” kabi turli loyihalar yurtdoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olingani ta‘kidlandi. Gala-konsert davomida el ardog‘idagi ijodkorlarning teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari, birlik, vatanparvarlik, sevgi-muhabbatni tarannum etgan kuy-qo‘shiqlar, go‘zal she‘rlar, milliy an‘ana va qadriyatlarni o‘zida ifoda etgan raqslar yig‘ilganlarda bir olam taassurot qoldirdi. Ishtirokchilarni maroqli dam olishlariga xizmat qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onada eksportyor korxonalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Nuroniylar sportda ham yoshlarga ibrat bo‘lmoqda


Farg‘onada tekstil va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Chorvachilik sohasi yanada qo‘llab-quvvatlanadi