Shohimardon zamonaviy turizm maskaniga aylanmoqda










Farg‘ona tumanida joylashgan Shohimardon va Yordon qishlog‘i xushmanzara tabiati, zilol soylari, purviqor tog‘lari hamda tabarruk ziyoratgohlari bilan mashhur. So‘nggi yillarda hududda turizm jadal rivojlanib, sayyohlarning dam olishlari hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratilmoqda. Joriy yilda istirohat bog‘i, dam olish komplekslari, Shohimardon tarixi va o‘lkashunoslik muzeyi, yozgi amfiteatr va boshqa savdo ob‘ektlari qaytadan bunyod etilib, zamonaviy qiyofa kasb etdi. Ayni kunlarda Yordon MFY hududida joylashgan “Hazrati Ali Shohimardon” ziyoratgohida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun ushbu ziyoratgohda bo‘lib, yangicha dizayn va ko‘rinishga ega bo‘layotgan maqbara va uning hududida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Shohimardonga kelgan kishi, albatta, bu erda bo‘lib, ma‘naviy va ruhiy ozuqa oladi. Shu boisdan ziyoratgohda aholi va sayyohlarning yilning to‘rt faslida ham erkin harakatlanishi, ziyorat qilishi uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. Shuningdek, bu erda joylashgan Hazrati Alining avlodi Hazrati Shoxutolib Sayid Muhammad Ali Xujjatilloh maqbarasi ham zamonaviy qiyofaga keltirilib, ziyoratgoh hududi yanada kengaytiriladi. Jarayonlar bilan bevosita tanishgan viloyat hokimi mas‘ullarga obodonlashtirish bo‘yicha landshaft yaratish loyiha takliflarini ishlab chiqish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Betakror maskanning sayyohlik imkoniyatlarini yanada rivojlantirish, turistlarni keng jalb qilish maqsadida archazor tepaligiga piyoda tog‘ turizmini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta‘kidlanib, ko‘rsatmalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Farg‘ona tarvuzlari Polьshaga etib bordi

Yangi bosqichdagi Farg‘ona ta‘limida xususiy sektorning ham ulushi ortmoqda

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bir guruh turkiyalik investorlarni qabul qildi.