Viloyat hokimi Xitoyning “Zhongan Materials Technology Co., Ltd” kompaniyasi direktorini qabul qildi




Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Zhongan Materials Technology Co., Ltd” kompaniyasi direktori Van Shijonni qabul qildi. Uchrashuvda “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasining Quvasoy filialida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan investisiyaviy loyihalar muhokama qilindi. Viloyat rahbari mazkur kompaniya vakillari bilan avval ham muloqot bo‘lib o‘tganini ta‘kidlab, xitoylik investorlar yangi materiallar industrial parkini barpo etish hamda unda qator istiqbolli loyihalarni joylashtirish takliflarini bildirganini qayd etdi. Kompaniya direktori ilgari surilgan loyihalar doirasida metall va yog‘ochdan zamonaviy mebelь ishlab chiqarish, shuningdek, qo‘mirni qayta ishlash yo‘nalishida amaliy ishlarga kirishishga tayyor ekanliklarini ma‘lum qildi. Viloyat rahbari mazkur loyihalarni tezroq amalga oshirish zarurligini, shu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish va yoshlarni ish bilan ta‘minlash masalasiga alohida e‘tibor qaratish lozimligini bildirdi. Uchrashuvda viloyatdagi mas‘ul rahbarlarga investorlarga ko‘mak berish bo‘yicha topshiriqlar berildi va hamkorlik chora-tadbirlari kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi