Yangi bosqichdagi Farg‘ona ta‘limida xususiy sektorning ham ulushi ortmoqda








Yangi bosqichdagi Farg‘ona ta‘limida xususiy sektorning ham ulushi ortmoqda Farg‘ona viloyatida ta‘lim - tarbiya masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Joriy yilning o‘tgan etti oyi davomida sohani rivojlantirish, yangi ta‘lim muassasalarini barpo etish va ta‘lim sifatini oshirish maqsadida qariyb 100 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi. Shu bilan birga, viloyatda xususiy ta‘lim muassasalari ulushi ham sezilarli darajada ortib bormoqda. Hozirda Farg‘onada 123 ta xususiy maktab faoliyat ko‘rsatmoqda, yaqin kelajakda ularning soni 130 tadan oshishi kutilmoqda. Respublika miqyosida Farg‘ona bu yo‘nalishda etakchi o‘rinlardan birini egallab turibdi. Xususan, yangi o‘quv yilida bir qator xususiy ta‘lim muassasalari faoliyat boshladi. Farg‘ona shahrida xalqaro standartlarga javob beradigan “Fergana School” maktabi ishga tushirilib, 800 nafar o‘quvchi uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratildi. Shuningdek, “Fergana School Ziyo” maktabida 700 nafar, “Edu Nova School” ta‘lim muassasasida esa 300 nafar o‘quvchi o‘rinlari tashkil etildi. Mazkur ikki maktabning o‘zida jami 110 ta yangi ish o‘rni yaratilgani ham ahamiyatlidir. Viloyatda ta‘lim sohasiga bunday e‘tibor qaratilayotgani hududda bilim sifatini oshirish, yosh avlodni zamon talablariga mos qilib tarbiyalash va kelajak uchun munosib kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi