Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

412025-09-05 09:35

Farg‘ona tarvuzlari Polьshaga etib bordi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1757046881310.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1757046885435.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1757046888752.jpg

Farg‘ona tarvuzlari Polьshaga etib bordi Viloyatimizda joriy yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida tarvuz eksporti 16 ming tonnani tashkil etib, qiymati esa 3,5 mln. dollardan oshdi. Viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan joriy yilda 60 dan ortiq tadbirkorlar tomonidan 815 ta partiyada BAA, Rossiya, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, Belarusь va Qirg‘iz Respublikasi kabi davlatlarga eksportga yo‘naltirilgan tarvuzlar rasmiylashtirilishi ta‘minlangan. Umumiy eksport hajmining 20 foizi Rossiya va Qirg‘iz Respublikasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. E‘tiborlisi, tarvuz eksporti geografiyasi kengayib, viloyatda etishtirilgan tarvuzlar endilikda Polьsha davlatiga ham etib bordi. Natijada 2024 yilning sakkiz oyi davomida viloyatimizdan jami 1,6 mln. dollarlik 6589 tonna tarvuz eksport qilingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilda 2,2 martaga ortdi. Tarvuz eksportida jarayonlarni yanada tezlashtirish va mahsulotlarning sifati buzilishining oldini olish maqsadida mahsulotlar to‘liq “eksport uch qadamda” tizimi orqali faqatgina bir marotaba chegara bojxona postlarida rasmiylashtirilishi ta‘minlanmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 06.09.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft