Farg‘onada eksportyor korxonalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi










Farg‘onada eksportyor korxonalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi Viloyat hokimligi majlislar zalida eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov, Respublika ishchi guruhi tarkibidagi vazirlik va idoralar vakillari, tijorat banklari rahbarlari va tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi. Muloqot avvalida davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarga muvofiq, tadbirkorlarning murojaatlarini joylarda eshitish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida shunday uchrashuvlar o‘tkazilayotgani, o‘rganishlar olib borilayotgani qayd etildi. Uchrashuv kun tartibiga to‘rtta masala qo‘yilib, dastlab to‘qimachilik, charm-poyabzal, meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning muammolariga e‘tibor qaratildi. Shuningdek, so‘nggi uch yilda investisiya hajmi 1 mln dollardan yuqori bo‘lgan, biroq belgilangan eksport rejasi ko‘rsatkichlarini bajarmagan yoki umuman amalga oshirmagan 86 ta eksportyor korxona borligi ma‘lum qilinib, ular muhokamasi ham kun tartibidan o‘rin oldi. Uchrashuvda qurilish, kimyo, elektrotexnika kabi turli yo‘nalishlarda eksport bilan shug‘ullanib kelayotgan sanoat korxonalari faoliyati ham Respublika ishchi guruhi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar xulosalaridan kelib chiqib tahlil qilindi. Tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar va takliflar bilan murojaatlarini amalga oshirdilar. Korxona faoliyatining uzluksizligini ta‘minlash maqsadida elektr va gaz ta‘minoti, imtiyozli kreditlar olish, subsidiyalar hamda yangi loyihalarni boshlash, eksport hajmini oshirish kabi yo‘nalishlarda uchrayotgan muammolar o‘rtaga tashlandi. Ularga echimlar belgilanib, ijrosi yuzasidan mas‘ullar biriktirildi. Aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ishlab chiqilib, chora-tadbirlar ijrosi qat‘iy nazoratga olinishi ma‘lum qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona viloyatida Mustaqillik bayramining shukuhi o‘zgacha

Nuroniylar sportda ham yoshlarga ibrat bo‘lmoqda


Farg‘onada tekstil va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Chorvachilik sohasi yanada qo‘llab-quvvatlanadi