Chorvachilik sohasi yanada qo‘llab-quvvatlanadi







Prezidentning narx-navoni barqarorligini taьminlash borasida bergan topshiriqlaridan kelib chiqib bugun Uchko‘prik tumanida chorvachilik sohasini rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va fermer xo‘jaliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat, tumanlar hokimliklari mas‘ullari, viloyatdagi chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari, bank va moliya tizimi vakillari ishtirok etdi. Tadbirda chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fermer xo‘jaliklari muammolari, taklif va tashabbuslarini bevosita bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Viloyat hokimi chorvachilikni rivojlantirish orqali aholini arzon va sifatli go‘sht mahsulotlari bilan ta‘minlash, yer va imkoniyatlardan samarali foydalangan holda salohiyatli fermerlar ko‘magida qoramol bosh sonini ko‘paytirish zarurligini ta‘kidladi. Paxtani ekishda ham ilm bilan yondashib, xorij tajribasidan foydalanib, zamonaviy texnologiyani qo‘llash orqali 80-100 sentner hosil olinayotganligi qayd etildi. Bu esa ma‘lum miqdordagi yerni boshqa ekinga o‘zgartirib, ko‘p tarmoqli qilish imkonini berishi, ya‘ni fermerlar zamonaviy, ixcham chorvachilik komplekslari qurib, chorva boqishi, ozuqabop ekin ekishiga zamin yaratishi aytib o‘tildi. Fermerlar naslli qoramol, qo‘y olib kelib, ularni ko‘paytirishi kerakligi bildirildi. Fermerlar ilm bilan, dunyoqarashini o‘zgartirishi, ilg‘or xorij tajribalarini o‘rganish hisobiga yaxshi natijalarga erishishi mumkinligi tushuntirildi. Uchrashuv davomida fermerlar va chorvachilik yo‘nalishidagi tadbirkorlarning faoliyatlari bo‘yicha muammolari, amalga oshirmoqchi bo‘lgan rejalari yuzasidan fikr almashildi. Muloqot davomida sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




“Yangi O‘zbekiston” massivida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi