Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

332025-08-06 18:38

Nuroniylar sportda ham yoshlarga ibrat bo‘lmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1754487458354.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1754487464298.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1754487467457.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1754487470344.jpg

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bu jarayonda jamiyatimizning faol a‘zolari — faxriylarimizning o‘rni beqiyosdir. Ular o‘z hayotiy tajribalari va sog‘lom turmush tarziga rioya qilishlari orqali yosh avlodga namuna bo‘lmoqdalar. Shu maqsadda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov tashabbusi bilan viloyatimizda 70 yoshdan yuqori bo‘lgan faxriy futbolchilar jamoasi tashkil etildi va viloyat futbol assosiasiyasiga biriktirildi. Faxriy futbolchilarni muntazam shug‘ullanishlarini ta‘minlash maqsadida mashg‘ulotlar formasi, sport inventarlari bilan ta‘minlandi. Futbolga bo‘lgan qiziqishlari, 70 yoshdan oshgan bo‘lishlariga qaramay futbol bilan shug‘ullanayotgan otaxonlar ko‘zni quvontiradi, yoshlarga namuna hamdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 07.08.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft