Farg‘onada tekstil va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi






Viloyat hokimligi majlislar zalida tekstil va to‘qimachilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan korxonalar, paxta-to‘qimachilik klasterlari, tijorat banklari rahbarlari va tegishli idoralar mutasaddilari ishtirok etdi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov dunyo tajribasi, xususan, Bangladesh davlati erishgan natijalari misolida sohani yangi bosqichga olib chiqish bugungi dolzarb masalalardan biri ekanligini ta‘kidladi. Ushbu yo‘nalishdagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish va eksport salohiyatini oshirish zarurligiga e‘tibor qaratdi. Tadbir davomida tadbirkorlarning mavjud muammolari, xususan, malakali kadrlar etishmasligi, zamonaviy tikuv dastgohlariga bo‘lgan ehtiyoj, bank kreditlaridan foydalanish, mahsulotlar sifatini oshirish, Evropa va boshqa xorij bozorlariga chiqarishga oid masalalar ko‘rib chiqildi. Murojaatlar yuzasidan tegishli choralar belgilandi. Uchrashuvda muammolarni joyiga chiqib ham o‘rganish va ularga amaliy echim topish maqsadida mutaxassislarni jalb etgan holda ishchi guruhi tashkil etilishi ma‘lum qilindi. Muloqotda Farg‘ona viloyatida tekstil va to‘qimachilik sanoatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





