Janubiy Koreyaning “AHA Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Ku Gi Do viloyat hokimi qabulida bo‘ldi



Janubiy Koreyaning ta‘lim va tibbiyot sohalari uchun zarur jihozlar va zamonaviy qurilmalar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi nufuzli kompaniyalaridan biri bo‘lgan “AHA Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Ku Gi Do bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov qabulida bo‘ldi. Uchrashuvda Farg‘ona shahrida qurilishi rejalashtirilayotgan elektron doskalar va elektr transport vositalarini zaryadlovchi stansiyalar ishlab chiqarish pilot loyihasi yana bir bor muhokama qilindi. Kelishuvlarning amaliy bosqichi bo‘lgan, loyiha qiymati 20 mln dollarni tashkil etayotgan korxonada ichki iste‘mol va eksport uchun elektron doskalar (IFPD), EV zaryadlovchi stansiyalari, sog‘liqni saqlash tarmog‘i uchun jihozlar va boshqa mahsulotlarni mahalliy tarzda ishlab chiqarish hamda eksport qilish maqsad qilingan. Muloqot davomida viloyat hokimi investorlar tomonidan ilgari surilgan loyihani yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni tingladi. Viloyat hokimligi doimo bunday o‘zaro manfaatli investision loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligi ta‘kidlandi hamda loyiha doirasidagi qurilish ishlarini tezlashtirish zarurligiga e‘tibor qaratdi. Uchrashuv yakunida mazkur loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish va hamkorlikdagi ishlar yuzasidan faol harakatlarni jadallashtirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. Ma‘lumot o‘rnida, “AHA Co., Ltd” kompaniyasi 1995 yilda tashkil topgan bo‘lib, ta‘lim texnologiyalari (EdTech), sog‘liqni saqlash va elektr transport vositalarini (EV) zaryadlash qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning Yaponiya, Germaniya, Qozog‘iston va AQShda xalqaro filiallari tashkil etilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onada tekstil va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Chorvachilik sohasi yanada qo‘llab-quvvatlanadi

