Turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi
Farg‘ona viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan 2024-yil davomida turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda viloyat hokimining o‘rinbosari - viloyat Turizm boshqarmasi boshlig‘i Xurshidjon Ahmedov joriy yil davomida turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma‘lumotlar berdi.
Qayd etilganidek, joriy yil yakuniga qadar viloyatimizga tashrif buyurgan xorijiy va mahalliy sayyohlar soni 3 mln. nafardan ortgan. Bir nafar sayyohga o‘rtacha qolish kuni 4-5 kunga etkazilib, ularning viloyatdagi sarfi 310 dollarga to‘g‘ri kelgan, sayyohlarni viloyatga tashrifi o‘tgan yil yakuniga nisbatan 1,7 barobarga oshgan.
Joriy yil davomida viloyatimizda yangi 19 ta joylashtirish vositalari tashkil etilib, ularning soni 361 taga yetkazildi. Shundan 47 ta mehmonxona, 277 ta oilaviy mehmon uylari va boshqa turdagi joylashtirish vositalari, 37 ta xostellar tashkil topgani haqida ma‘lumot berildi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 11-12-iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosi doirasida viloyatdagi 10 ta joylashtirish vositalariga yulduz toifasi olib berilgani ta‘kidlandi.
Viloyatimizda xorijiy va mahalliy sayyohlarni yanada jalb qilish maqsadida 2024-yilda 20 dan ortiq festivallar yuqori saviyada tashkil etilgani ma‘lum qilindi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berilib, takliflar tinglandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Sarhisob: Farg‘onalik sportchilar uchun omadli yil bo‘ldi
Viloyat hokimining o‘rinbosarlari ishtirokida tadbirkorlar qabuli tashkil etildi