Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

24222024-11-27 09:25

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov AHA Co., Ltd kompaniyasida bo‘lib, qator uchrashuvlar o‘tkazdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1732681301455.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1732681310656.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1732681318810.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1732681325090.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1732681340156.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1732681348268.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1732681353995.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1732681359422.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1732681365392.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1732681370184.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Janubiy Koreyaga tashrifi davomida AHA Co., Ltd kompaniyasida bo‘lib, qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Mazkur kompaniya 1995 yilda tashkil topgan bo‘lib, ta‘lim texnologiyalari (EdTech), sog‘liqni saqlash va elektr transport vositalarini (EV) zaryadlash qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Kompaniyaning Yaponiya, Germaniya, Qozog‘iston va AQShda xalqaro filiallari tashkil etilgan bo‘lib, 2024-yil holatiga ko‘ra, kompaniyaning bozor kapitallashuvi 28,88 mln. dollar, umumiy savdo daromadi 55,9 mln. dollarni tashkil etdi.

Kompaniya rahbari Ku Gi Do faoliyati haqida so‘z yuritib, so‘nggi yillardagi zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlari va mahsulotlari bo‘yicha ma‘lumot berdi. O‘zbekistonda ham hamkorlikda biznes qilish istagi borligini bildirdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘onada loyihalarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratib berilishini, hamkorlikka tayyorligini aytib o‘tdi.

Uchrashuvda Kimpo va Koyan shaharlarining Savdo-sanoat palatasi rahbarlari, 20 mingdan ziyod tadbirkorlari borligini, O‘zbekistonda investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni tanishtirish muhimligini qayd etdi.

Delegatsiya a‘zolari kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Uchrashuv yakunida AHA Co., Ltd kompaniyasi bilan viloyatimizda maktablar uchun smart doskalar hamda elektromobillar uchun zaryadlovchi stansiya qurilmalarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

http://api3.fergana.uz/files/150000/news/1737038952189.png

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston-Latviya Savdo-sanoat Palatasining faxriy a’zosi bo‘ldi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1737024280491.jpg

Farg‘ona viloyatidagi charm-sanoat yo‘nalishidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736945754679.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qatarning “JTA Holding International” kompaniyasi rahbari Amir Ali Salemi bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736919091111.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Tojikistonlik tadbirkor Xayriddin Boboyevni qabul qildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736917913995.jpg

Xitoylik ishbilarmonlar tomonidan viloyatimiz hududida ko‘p qavatli turar-joy binolari va zamonaviy mehmonxona qurilishi rejalashtirilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1736916710693.jpg

Viloyat hokimi Toshloq tumanidagi mahallalarda tadbirkorlik, aholi bandligini ta‘minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi ishlarning holatini o‘rgandi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 17.01.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft