Farg‘ona shahrida “Yil ayoli” milliy tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona shahrida “Yil ayoli” milliy tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Komila Kavlonova ishtirok etdi va tanlov qatnashchilariga omad tiladi.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida tashkil etilgan tadbirda tanlovning shahar-tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 112 nafar iqtidorli ayollar bellashdilar.
Ushbu tadbir viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma‘naviyatli, oila va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, munosib taqdirlash hamda bu boradagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida tashkillandi.
Tanlovda hakamlar hay‘ati a‘zolari va ekspertlar tomonidan “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli”, “Yilning eng kuchli ma‘naviy-ma‘rifiy targ‘ibotchisi” kabi 11 ta nominasiyalar bo‘yicha tanlov nizomida belgilangan shartlar asosida g‘oliblar aniqlandi va ular tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Sarhisob: Farg‘onalik sportchilar uchun omadli yil bo‘ldi
Viloyat hokimining o‘rinbosarlari ishtirokida tadbirkorlar qabuli tashkil etildi