Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1202025-01-29 10:28

1-fevraldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738128461740.jpg

Bolalar bog‘chalarida davomatni avtomatik tarzda hisoblash tizimi joriy etiladi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, bo‘sh ish o‘rinlarini hisobga olish, bolalarni navbatga qo‘yish va MTTga joylashtirish uchun yo‘llanmalarni shakllantirish Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligining “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta‘limni boshqarish axborot tizimida amalga oshiriladi.

Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 1-fevraldan Toshkent shahrida pilot loyiha sifatida, 2025-yil 1-iyuldan esa barcha davlat MTTlarida “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi orqali xodimlar va tarbiyalanuvchilarning elektron davomati, ish vaqti va tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat xarajatlari hisobga olish amaliyotiga kiritiladi.

“Bolalar bog‘chasi” axborot tizimini xizmat ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirishni UZINFOCOMMChJ tizim operatori amalga oshiradi. Bu orqali ota-onalar badalining 1 foizi ko‘rsatilgan xizmatlarga yo‘naltiriladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yildan boshlab bolalar bog‘chalarining xodimlari va bolalarining davomatini biometrik identifikasiya texnologiyasi orqali kuzatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida, planshetlar va boshqa zarur uskunalar bilan ta‘minlash uchun davlat byudjetidan kamida 50 mlrd so‘m ajratilgan.

“Ona maskani” xizmati tashkil etiladi.

Prezidentning 2024-yil 14-noyabrda “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida 2025-yil 1-fevraldan O‘zbekistonda “Ona maskani” xizmati yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

Hujjatga ko‘ra, og‘ir hayotiy vaziyatda va yaqin qarindoshlari ko‘magisiz qolganligi oqibatida farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

"Onalar maskani"da:

Og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan onalar va ularning 4 yoshga to‘lmagan bolalariga 1 yilgacha ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana beriladi.
Og‘ir vaziyatdagi onalarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, shuningdek ularda onalik va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga ko‘maklashiladi.
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta‘minlashda yordam beradi.
Shu bilan birga, 2025-yil 1-fevraldan boshlab:
a) Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni aniqlash:
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy holati va turmush sharoitlari "Inson" markazlari tomonidan kompleks baholanib, baholash natijalariga asosan bolalarning ijtimoiy maqomi belgilanadi.
Yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalarga olti oygacha oilaviy bolalar uyiga joylashtirish tartibi joriy etiladi.
Bolalarni joylashtirish bo‘yicha qaror "Inson" markazlari va Agentlik hududiy boshqarmasi tomonidan qabul qilinadi.
Yetim bolalarni foster oilaga joylashtirish, shartnoma asosida amalga oshiriladi.
b) Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalarni aniqlash, joylashtirish va ularni olish istagini bildirgan shaxslarni hisobga olish:

Bolalar va nomzodlar "Yagona milliy ijtimoiy himoya" axborot tizimida aniqlanadi.

Arizalar O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
Nomzodlardan talab qilinadigan hujjatlar "Inson" markazlari orqali olinadi.
Bolalarning individual rivojlanish rejalari va monitoring natijalari "Yagona milliy ma‘lumotlar integrasiyalashgan hududiy tizimi”ga kiritiladi.
v) Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirish shakllari:
Oilaviy bolalar uyini tashkil etish uchun oilaning er-xotindan iborat bo‘lishi talablari bekor qilinadi.
30 yoshga to‘lgan fuqarolar oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat olishadi.
Oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida e‘tirof etiladi va ularga yoqlama shaxslar yoki uchinchi shaxslarni jalb qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bolalar oilaga tarbiyalash uchun (patronat) faqat qarindoshlarga beriladi.
Foster oilada tarbiyalanayotgan bolalarning yashash xarajatlari va bolani tarbiyalash uchun ajratiladigan mablag‘lar ta‘lim muasasalarini tamomlaguniga qadar saqlab qolinadi.

Kambag‘al oilalar a‘zolariga imkoniyatlar yaratiladi.

Davlat rahbarining “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, kambag‘al oilalar a’zolarini kasbga o‘qitish bo‘yicha vaucher tizimi joriy etiladi.

2025-yil 1-fevraldan boshlab Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining kasbiy ko‘nikmalar markazlarida ish beruvchilar buyurtmasi va tijorat banklari mijozlari ehtiyoji asosida ishsiz aholini, shu jumladan, kambag‘al oilalar a’zolarini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan manzilli o‘qitish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, 2025-yil 1-fevraldan kasbga o‘qitish uchun ajratiladigan stipendiyalar nogironligi bo‘lgan shaxslar va muddati 3 oydan ko‘p davom etadigan o‘quv kurslariga qabul qilingan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning ishsiz a’zolariga beriladi. 2025-yil 1-maygacha ishsiz aholini, jumladan, ustuvor ravishda kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplash uchun vaucher tizimi joriy qilinadi.

Mazkur vaucher tizimi 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida pilot loyiha sifatida sinovdan o‘tkaziladi..

Elektrotexnika sanoatiga o‘zgartishlar kiritiladi.

Prezidentining 2025-yil 22-yanvar kuni “Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-fevraldan quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi:

- Bojxona hududida qayta ishlash rejimida tayyorlangan mahsulotlarni keyingi ishlab chiqaruvchilar tomonidan sanoat kooperatsiyasi tartibida qayta ishlash uchun bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirishga ruxsat beriladi;

- Korxonalarning rivojlanish va tadqiqot markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan laboratoriya jihozlari va anjomlari 2028-yil 1-fevralgacha bojxona bojidan ozod etiladi.

- ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarning va davlat organlarining ma’muriy bino-inshootlarini, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini qurish bo‘yicha xarid qilish hujjatlariga quyidagi talablar kiritiladi:

- pudratchilar zarur tovarlarni Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi va Elektron kooperatsiya portalidagi mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qiladi;

- zarur tovarlar portallarda mavjud bo‘lmasa, tasdiqlovchi ma’lumotnomalar asosida ularni boshqa elektron portallardan xarid qilishga ruxsat etiladi.

Ishlab chiqaruvchilar ekotizimida savdolar davlat buyurtmachilari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida elektron do‘kon tartib-taomillari asosida, shartnoma qiymati bilan bog‘liq cheklovlarsiz o‘tkaziladi, bunda ofertalar mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.

Elektromobillar uchun zaryadlash stansiyalari soni ortadi.

Vazirlar Mahkamasining “Respublikada 2024-2025-yillarda elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga binoan, 2025-yil 1-fevraldan davlat muassasalari, mehmonxonalar, biznes-markazlar, savdo va umumiy ovqatlanish sohalari, shuningdek xalqaro va davlat ahamiyatiga ega avtomobil yo‘llari infratuzilmasi ob’yektlarida to‘xtash joylarining kamida 5 foizi elektromobillarni zaryadlash stansiyalari bilan ta’minlanishi lozim.

Shuningdek, ko‘p qavatli binolar atrofida va ularning yaqinida, ayniqsa, to‘xtash joylarida maksimal quvvati 22 kVt bo‘lgan zaryadlash stansiyalari o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Elektromobillarni zaryadlash stansiyalari o‘rnatish bo‘yicha belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi, ular quyidagilardan iborat:

• Avtoto‘xtash joylari, ijtimoiy obyektlar va davlat muassasalari;
• Savdo va biznes-markazlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, mehmonxonalar va ko‘p qavatli uylar yonida;
• Avtoyoqilg‘i quyish shoxobchalarida.
Yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uylar hududida, shu jumladan, avtoturargohlarda, eng yuqori quvvati 22 kVt bo‘lgan zaryadlash stansiyalari o‘rnatiladi. Tadbirkorlar mavjud ko‘p qavatli uylar hududida faqat avtoturargohlariga stansiyalar o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

“Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi boshlanadi.

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanib, 20-martga qadar davom etadi.
Bunda:
⁃ Loyiha kiritish bosqichi — 1–20-fevral;
⁃ Saralash bosqichi — 21-fevral–7-mart;
⁃ Targ‘ibot bosqichi — 8–10-mart;
⁃ Ovoz berish bosqichi — 11–20-mart kunlari o‘tkaziladi.

Joriy yildagi 1-mavsum g‘oliblari 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

Boshqa o‘zgarishlar:

2025-yil 1-fevraldan boshlab:

- Tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar masalalari bo‘yicha vasiylik va homiylik komissiyalarining faoliyati tugatilishi belgilangan;

- Ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va uni foydalanish uchun axborot-ma’lumotnoma xizmatlarini taqdim etuvchi «1070» qisqa raqamli va 24 soat faoliyat ko‘rsatadigan xizmatning test rejimida ishga tushirilishi rejalashtirilgan;

- Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida paralimpiya, karlar, ko‘zi ojizlar va maxsus olimpiya, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari tashkil etiladi. Kurs yakunida 4 yilga amal qiladigan malaka sertifikati beriladi;

- 2030-yil 1-yanvarga qadar eksport xizmatlari hajmi 10 million dollardan oshgan IT-park rezidentlari, agar O‘zbekiston bilan ikkiyoqlama soliqka tortishning oldini olish bo‘yicha bitim tuzilmagan bo‘lsa, axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarini (shu jumladan, royalti to‘lanadigan) ko‘rsatgan davlatlar yuridik shaxslarini ushbu kalendar yil yakuniga qadar foyda solig‘idan ozod qilish amaliyoti joriy etiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738214010082.jpg

Xabaringiz bo‘ldimi?

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738164695915.jpg

So‘x tumani turizm maskaniga aylanadi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738151907177.jpg

So‘x tumanida viloyat sektorlari rahbarlari tomonidan navbatdagi fuqarolar sayyor qabuli o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738127649112.jpg

O‘zbekiston-Quvayt o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilib, hududlararo aloqalar faollashmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1738071694950.jpg

Farg‘onada “Abduhoshim Ismoilov ijodiy asarlari” xalqaro ko‘rik-tanlovi boshlandi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 30.01.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft