Farg‘onada “Abduhoshim Ismoilov ijodiy asarlari” xalqaro ko‘rik-tanlovi boshlandi







Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, professor Abduhoshim Ismoilov ijodiy merosiga bag‘ishlangan “Abduhoshim Ismoilov ijodiy asarlari” deb nomlangan xalqaro ko‘rik-tanlov boshlandi. Tanlovda mahalliy va xorijiy davlatlardan taniqli san‘atkorlar, yosh ijodkorlar hamda musiqiy ijro ustalari ishtirok etmoqda. Mazkur ko‘rik-tanlov Madaniyat vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbek milliy maqom san‘ati markazi va “Creative Reactive” mas‘uliyati cheklangan jamiyati tashabbusi bilan tashkil etilib, o‘z bag‘riga 155 nafar ishtirokchini jamladi. Uch kun davomida nomzodlar cholg‘u ijrochilik ansambli yo‘nalishi, cholg‘u ijrochilik (yakka ijro) yo‘nalishi, an‘anaviy xonandalik ansambli yo‘nalishi, ayollar ovozi (yakka ijro) yo‘nalishi va erkaklar ovozi (yakka ijro) yo‘nalishida o‘z ijodiy mahoratlarini namoyon etadilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onada Istiqlolimizning shonli sanasi katta shodiyonalar bilan nishonlandi



Farg‘onada 128 ta paxta terish mashinalari fermerlarga topshirildi


Mustaqillik bayrami yangi uylarda nishonlanmoqda