Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

3362025-09-01 10:47

Farg‘onada Istiqlolimizning shonli sanasi katta shodiyonalar bilan nishonlandi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756705499619.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756705503340.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756705509264.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756705512661.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756705516752.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756705523812.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756705526991.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756705531542.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756705535012.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1756705540451.jpg

Farg‘onada Istiqlolimizning shonli sanasi katta shodiyonalar bilan nishonlandi Farg‘ona shahridagi Ekoshahar amfiteatrida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan viloyat bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat faollari, shahar va tumanlardan keng jamoatchilik vakillari – nuroniylar, mehnat ilg‘orlari, tadbirkorlar hamda yoshlar ishtirok etdi. Tantanali bayram tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so‘zga chiqib, viloyat ahlini qutlug‘ bayram bilan tabriklab, o‘tgan davr mobaynida viloyatda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari haqida to‘xtaldi, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz baxt-saodati yo‘lida olib borilayotgan islohotlarning mazmun mohiyatini, uning samaralarini alohida ta‘kidlab o‘tdi. Birgina joriy yilning dastlabki olti oyida viloyat iqtisodiyoti 6,8 foizga o‘sib, 49,3 trillion so‘mni tashkil etdi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalariga 1,4 milliard dollar investisiya jalb etildi, eksport hajmi esa qariyb 600 million dollarga etdi. 2017 yilda viloyatimizga investisiya kiritgan davlatlar soni atigi 4 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yil yakuniga kelib ular 30 dan ziyodroqni tashkil etdi. So‘nggi etti yilda viloyatga jalb etilgan xorijiy investisiyalar va kreditlar 1,8 milliard dollarga etdi, ya‘ni 58 barobar oshdi. Joriy yilda esa bu raqam 3,7 milliard dollarga etkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirkorlik uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar tufayli oxirgi to‘rt yil ichida tadbirkorlar soni 1,6 barobarga o‘sib, 37 mingtadan 61 mingtaga ko‘payishiga erishildi. O‘tgan sakkiz yil davomida viloyatda 882 ta 28 ming 573 xonadon ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu yil viloyatda 350 ta 16366 xonadonli ko‘p qavatli uy-joylarni qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Marg‘ilon shahrida “Yangi O‘zbekiston” massivi, Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-turizm markazining barpo etilayotgani farg‘onaliklarni cheksiz quvontiryapti. Qo‘qon shahridagi qurilishlar zamonaviy shaharsozlik me‘morchiligi an‘analarini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Quva tumanidagi “Karkidon” suv ombori hududida esa zamonaviy turizm majmuasi qad rostlamoqda. Shuningdek, viloyatimizda ta‘lim sohasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi etti yilda maktablarda 172 ming 600 ta yangi o‘quvchi o‘rni yaratildi. Joriy yilning o‘zida esa bu raqam qariyb 13 mingga etmoqda Xususiy maktablarning soni bugungi kunda 120 tadan oshdi. Viloyatda IT sohasini rivojlantirish, yoshlarni sohani o‘rganishlari uchun sharoitlar yaratish asosiy vazifa bo‘lishligi ta‘kidlandi. O‘z navbatida viloyat rahbari turizm, ta‘lim, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni ham alohida e‘tirof etib o‘tdi. Tantanada teatrlashtirilgan katta bayram dasturi namoyish etilib, viloyat va respublika san‘at ustalarining gala-konserti unga yanada fayz, shukuh baxsh etdi. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova, O‘zbekiston xalq hofizi Ilhom Ibrohimov, Botir Qodirov, Qilichbek Madaliev va boshqa san‘atkorlar, yosh iste‘dodlar ijrosidagi Vatanni, sevgi-muhabbatni tarannum etgan kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Fayzli oqshomda shahar uzra porlagan rang-barang mushaklar bayram dasturiga o‘ziga xos va tantanavor yakun yasadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 03.09.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft