Viloyatimizda O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlanmoqda










Bayram munosabati bilan Oltiariq tumanida viloyat maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi tomonidan viloyat xalq ta‘limi tizimida uzoq yillar ishlagan, sohada faol va fidoyi bo‘lgan faxriylar va eng namunali ish tashkil qilgan o‘qituvchilar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi. Viloyat hokimining o‘rinbosari Burhonjon Qo‘ldoshev so‘z olib, barcha ta‘lim tizimida faoliyat olib borayotgan muallimlarni, faxriy ustozlarni kasb bayramlari bilan samimiy qutladi. Inson qaysi kasb egasi bo‘lmasin ustozlaridan ta‘lim-tarbiya olish orqali ko‘zlagan maqsadlariga erisha olishi, o‘qituvchilar jamiyatining katta kuchi ekanligi qayd etildi. Tadbir davomida viloyatimizdagi ta‘lim tizimining barcha jabhalarida eng namunali ish tashkil qilgan 89 nafar o‘qituvchilarga "Xalq ta‘limi a‘lochisi" va 10 nafar ustozlarga “Xalq ta‘limi fidoyisi” ko‘krak nishonlari topshirildi. Shuningdek, viloyat xalq ta‘limi tizimida uzoq yillar ishlagan, sohada faol va fidoyi bo‘lgan faxriy ustozlarga ham esdalik sovg‘alari taqdim qilindi. San‘atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar bayramga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Hamidjon Rahimov, Oltiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktab direktori


Shohimardon zamonaviy turizm maskaniga aylanmoqda


Farg‘ona tarvuzlari Polьshaga etib bordi