So‘x tumani turizm maskaniga aylanadi
So‘x tumani xushmanzara tabiati, purviqor tog‘lari, zilol soylari bilan barchani o‘ziga maftun etadi. Turizm rivoji uchun bu erda katta imkoniyatlar bor.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga So‘x tumanida bo‘lib, turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab berdi.
Tumanning bir qator hududlariga borilib, holat bilan tanishildi. Xususan, Obishir soy, So‘x daryosining atroflarida, shuningdek, Gaiston massivida turizm majmualari hamda dam olish maskanlarini barpo etish, qulay infratuzilmani yaratish kerakligi ta‘kidlandi. Mas‘ullarga master-rejalarni ishlab chiqish, turizm bo‘yicha loyihalarni tayyorlash, dam olish maskanlarini qurishda kapsulalardan foydalanish borasida topshiriqlar berildi.
- So‘xda turizm yo‘nalishida investisiya kiritmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarimiz juda ko‘p, - dedi viloyat rahbari. - Shu bois, har bir loyiha samarali va zamonaviy bo‘lishiga e‘tibor qaratish kerak. Eng asosiysi, dam oluvchilar uchun qulay sharoitlar yaratilsa, So‘x turizm maskaniga aylanadi. Minglab yangi ish o‘rinlari yaratilib, hudud yanada taraqqiy etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Xabaringiz bo‘ldimi?
So‘x tumanida viloyat sektorlari rahbarlari tomonidan navbatdagi fuqarolar sayyor qabuli o‘tkazildi
1-fevraldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston-Quvayt o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilib, hududlararo aloqalar faollashmoqda
Farg‘onada “Abduhoshim Ismoilov ijodiy asarlari” xalqaro ko‘rik-tanlovi boshlandi