Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

502025-07-15 18:50

“Buyuklar haqida 100 ta dalil” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752587408307.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752587412605.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752587415469.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752587418155.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752587420997.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752587423811.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752587429164.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752587432872.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752587440909.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752587445717.jpg

Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi, “O‘zbekiston tarixi” telekanali hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamkorligida tayyorlangan “Buyuklar haqida 100 ta dalil” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur to‘plamda jahon tamadduniga munosib hissa qo‘shgan yurtimiz allomalari, ulug‘ mutafakkir va arboblari haqida 8 ta tilda tayyorlangan eng muhim ma‘lumotlar jamlangan. To‘plamdagi illyustrasiyalar sun‘iy intellekt texnologiyalari yordamida yaratilgan bo‘lib, tarixiy voqealar zamonaviy va qiziqarli uslubda aks ettirilgan. Taqdimotda so‘zga chiqqanlar kitobning mazmun va shakl jihatdan qulayligi, keng omma uchun mo‘ljallanganligi, shuningdek, uning zamonaviy ko‘rinishga ega ekanligini alohida qayd etishdi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga ushbu kitobdan esdalik nusxalari tarqatildi. Shuningdek, Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Kitoblararo 80 kun” nomli kitobxonlik marafonining yakuniy final bosqichi tashkil etildi Mazkur bosqichda ishtirokchilar 80 kun mobaynida o‘qib chiqqan 8 ta kitob bo‘yicha test sinovlarini topshirdi. G‘oliblar aniqlanib, munosib taqdirlandi. Ma‘lumot o‘rnida, mazkur kitobxonlik tanlovida jami 25 097 nafar kitobxon ro‘yxatdan o‘tib, faol ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 16.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft