Uchko‘prik tumani Oltin Vodiy MFY hududidagi “Farg‘ona yangi imkoniyatlari” maxsus sanoat zonasida “VODIY SHOIS” qo‘shma korxonasi tomonidan poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasiga tamal toshi qo‘yildi





Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, tadbirkorlar va nuroniylar qatnashdi. Tadbirkor Ibrohim Mirzaev rahbarligidagi mazkur loyihaning qiymati 5 million dollar bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya hisobiga amalga oshirilmoqda. Korxona tomonidan yiliga 95,2 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha doirasida 100 ta doimiy ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Tadbirda ishtirokchilarga loyiha haqida ma‘lumot berildi. Shuningdek, mazkur maxsus sanoat zonasida sintefon hamda ko‘rpa va odeyal ishlab chiqarish loyihasining qurilishiga kirishildi. “DAFA FIBER” qo‘shma korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaga ko‘ra sintefon ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Loyiha qiymati 8 million dollarni tashkil etadi. Korxona yiliga 10,9 ming tonna sintefon mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Bugungi kunda korxonada qurilish ishlari boshlangan bo‘lib, ishlab chiqarish binosining poydevori quyilib, metall konstruksiyalarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Bu erda 100 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi. Tadbir davomida tadbirkor loyiha va rejalari to‘g‘risida ma‘lumot berdi. Viloyat hokimi har bir loyihani o‘z muddatida sifatli amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rnatish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga e‘tibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalarni berib o‘tdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Metall panelli radiatorlar endi o‘zimizda ishlab chiqarilmoqda




Farg‘onada zamonaviy paxta terish texnikalari yig‘ilmoqda