Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

692025-07-12 14:44

Metall panelli radiatorlar endi o‘zimizda ishlab chiqarilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752313310899.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752313318249.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752313321241.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752313326280.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752313330337.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752313334342.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752313338113.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752313342298.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752313346291.jpg

Uchko‘prik tumanidagi “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hududida “Thermo Tech” MChJ tomonidan metall panelli radiatorlar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilib, tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbirkor Ziyoviddin Yunusov tomonidan umumiy qiymati 30 million dollarlik loyiha amalga oshirildi. Shundan 5 million dollari tadbirkorning o‘z mablag‘i, 25 million dollari esa xorijiy investitsiya hisoblanadi. Korxona yiliga 900 ming dona panelli radiator ishlab chiqarish quvvatiga ega. Uskunalar Italiya va Turkiyadan olib kelingan. Korxona tomonidan yiliga 600 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan va 300 ta ish o‘rni yaratilgan. Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan "Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonasi tadbirkor va investorlarga katta imkoniyatlar berayotganligini, bu erda ko‘plab yirik loyihalar amalga oshirilayotganini ta‘kidladi. Ushbu loyiha viloyat iqtisodiyotini mustahkamlash, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. - Uchqo‘prik tumanida ko‘plab investisiya loyihalari ishga tushmoqda. O‘ylaymanki, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasini bitta tuman misolida ham ko‘rish mumkin, - dedi viloyat hokimi va tadbirkor faoliyatiga omad tiladi. Ramziy tasma qirqilib, mehmonlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Korxonada dastlabki mahsulotlar sinov tariqasida ishlab chiqarilib, ichki va tashqi bozorga taxt qilib qo‘yildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 12.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft