Viloyat hokimi Xitoyning “Jinyimeng Group” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisini qabul qildi



Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Jinyimeng Group” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Chjan Lisheng boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Viloyat hokimi bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib, yangi bosqichda davom etayotganligini ta‘kidladi. Farg‘onada turli sohalarda Xitoy kompaniyalari bilan amalga oshirilayotgan o‘zaro manfaatli loyihalar haqida so‘z yuritildi. Kimyo tarmog‘iga xorijiy investisiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish muhimligi qayd etilib, kimyo sanoati, farmasevtika yo‘nalishlarida investisiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi bildirildi. Chjan Lisheng mamlakatimizdagi qulay investisiyaviy muhitni yuqori baholab, kompaniya salohiyatidan kelib chiqqan holda bir necha yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirayotganini ma‘lum qildi. Viloyat hokimi investorlar tomonidan bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ta‘kidladi. Uchrashuv davomida Xitoy kompaniyasining ilg‘or tajribalaridan kelib chiqib, aniq takliflar asosida Farg‘onada yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi. Jinyimeng Group — organik va noorganik kimyo, biokimyo, noyob kimyoviy moddalar va farmasevtika sohalariga ixtisoslashgan yirik ko‘p tarmoqli sanoat guruhidir. Shu bilan birga, kompaniya yuqori sifatli o‘g‘itlar va markazlashtirilgan issiqlik ta‘minoti sohalarida ham faoliyat yuritadi. Uchrashuvda Beshariq tumani hokimi Rasuljon Jo‘raev ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘onada zamonaviy paxta terish texnikalari yig‘ilmoqda


Toshloq tumanida IT - shaharcha ochildi

Farg‘onada zamonaviy “Bilimdon” bolalar oromgohi ochildi