Viloyat delegatsiyasining Germaniya Federativ Respublikasiga qilgan amaliy tashrifi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi



Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasining Germaniya Federativ Respublikasiga qilgan amaliy tashrifi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab bergani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Tashrif davomida Berlin, Frankfurt-Mayn, Dyusselьdorf, Shtutgart, Laypsig, Konstans va Erfurt shaharlarida nemis kompaniyalari, bank-moliya institutlari, rekruting kompaniyalari va oliygohlari vakillari bilan 50 dan ortiq uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Ikki hudud tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum tashkil etildi, “Berlin feshen vik” ko‘rgazmasida qatnashildi. Farg‘onada kadrlarni kasbga o‘qitish, ularni Germaniya korxonalarida ish bilan ta‘minlash bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi. E‘tiborli jihati, nemis kompaniyalari va ishbilarmonlari viloyatimizga investitsiya kiritishga, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirmoqda. Germaniyalik hamkorlar bilan 284 mln dollarlik 18 ta investitsiya loyihasi, 33 mln dollarlik 7 ta savdo shartnomasi yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Toshloq tumanida IT - shaharcha ochildi

Farg‘onada zamonaviy “Bilimdon” bolalar oromgohi ochildi


Farg‘ona - Ulsan biznes-forumi tashkil etildi

Shohimardon zamonaviy turizm markaziga aylanadi