Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1132025-07-07 20:27

Farg‘onada zamonaviy “Bilimdon” bolalar oromgohi ochildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751901948913.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751901952886.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751901955298.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751901958279.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751901961181.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751901964717.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751901967160.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751901970799.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751901974790.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751901977859.jpg

Farg‘onada zamonaviy “Bilimdon” bolalar oromgohi ochildi Bugun Farg‘ona tumani Log‘on mahallasida zamonaviy “Bilimdon” bolalar oromgohi foydalanishga topshirildi. Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi raisining o‘rinbosari Anvar Abdumuxtorov, viloyat tashkilot va idoralar rahbarlari, nuroniylar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir ramziy tasma qirqish bilan boshlanib, mehmonlar oromgohda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. O‘quv xonalari, kutubxona, ma‘naviyat xonasi, tibbiyot punktlari, to‘garaklar, oshxona, o‘yin maydonchalari va suzish havzasi kabi qulayliklar yoshlar uchun maxsus tashkil etilgan. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov barchani yangi oromgoh ochilishi bilan tabriklab, mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun zamonaviy dam olish va ta‘lim maskanlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. — Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarning ta‘lim-tarbiyasi, dam olishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugun foydalanishga topshirilayotgan “Bilimdon” oromgohi ham ana shu e‘tibor samarasidir. Avvallari bu kabi imkoniyatlar mavjud emas edi. Bugun esa mana shunday zamonaviy va ko‘rkam dam olish maskani barpo etilib, foydalanishga topshirildi. Oromgoh namunaviy tarzda barpo etilib, respublika miqyosida namuna sifatida taqdim etilmoqda. Bu erda bolalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Shu bois, oromgoh Respublikamiz bo‘ylab katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu maskan yil davomida faoliyat yuritishi lozim. Eng yaxshi o‘qigan, faolligi bilan ajralib turgan o‘quvchilarni bu erga jalb etib, uni yoshlar orzu qiladigan intilish maskaniga aylantirishni taklif qilmoqdamiz, — dedi viloyat hokimi. 200 o‘ringa mo‘ljallangan oromgoh bir mavsumda 1000 nafarga yaqin bolani qabul qilish imkoniyatiga ega. 48 milliard so‘mlik mazkur loyiha O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi tashabbusi bilan amalga oshirildi. Eng muhimi, oromgohda yil davomida ham to‘garaklar, madaniy-ma‘rifiy tadbirlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Tadbirda oromgoh ramziy kaliti topshirilib, qurilishda faol ishtirok etganlar taqdirlandi. Shuningdek, mahalla faollari ham o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Shundan so‘ng konsert dasturi tashkil etilib, yig‘ilganlarga yanada ko‘tarinkilik ulashildi. Ayni paytda Farg‘ona viloyatida 14 ta stasionar va 114 ta maktab qoshidagi kunduzgi oromgoh faoliyat yuritib, yozgi mavsumda 40 ming nafarga yaqin bolalar mazmunli dam olishi ta‘minlanmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 08.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft