Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

3442025-07-08 15:26

Toshloq tumanida IT - shaharcha ochildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751970223976.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751970228187.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751970231271.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751970234961.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751970237615.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751970240447.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751970243438.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751970246102.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751970249376.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1751970252913.jpg

Toshloq tumani Yangiyo‘l MFYda zamonaviy infratuzilmaga ega, axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan yangi markaz – IT - shaharcha foydalanishga topshirildi. Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, soha mutaxassislari, shahar-tuman hokimlarining o‘rinbosarlari va yoshlar ishtirok etdi. Ramziy lenta qirqilib, ishtirokchilar IT-shaharchada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Davlatimiz rahbarining 2024 yil 15 maydagi “Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilgan mazkur loyiha natijasida 200 o‘rinli IT-shaharcha qurib bitkazildi. Bu erda dasturlash, sun‘iy intellekt, kiberxavfsizlik, raqamli xizmatlar, robototexnika va chet tillari kabi dolzarb yo‘nalishlarda 1 500 nafargacha yoshlar ta‘lim oladi. Markaz qurilishiga 5,4 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Tuman hokimligi tomonidan 200 mln so‘m mablag‘ evaziga bu erda konteynerdan mo‘‘jazgina bino ham qurildi. Bu binoda "Startup garage" tashkil etildi. Markazning ochilishida so‘zga chiqqan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va bu sohada yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi. - Mamlakatimizda bugungi kunda yoshlarni zamonaviy kasb-hunar o‘rganishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Jumladan, axborot texnologiyalarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Shu bois, viloyatimizning har bir hududida mana shunday IT markazlarning sonini ko‘paytirish, ularga yoshlarimizni jalb etish kerak, - dedi viloyat hokimi. 2024 yilda viloyatda axborotlashtirish xizmatlari hajmi 587 milliard so‘mga etgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 115 foizlik o‘sishni tashkil qilgan. Kompьyuter dasturlash xizmatlari hajmi esa 104 milliard so‘m bo‘lib, 99,7 foiz o‘sish kuzatilgan. Ay-Ti Park rezidentlarining soni 80 tadan 106 taga, ish o‘rinlari esa 797 nafardan 1 397 nafarga ko‘paygan. Ayni paytda rezident korxonalarning 24 tasi IT eksport, 33 tasi raqamli ta‘lim, 46 tasi mahalliy bozorga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 112,4 milliard so‘mdan oshgan. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida hozirgacha 28 mingga yaqin yoshlar IT sohasida ta‘lim olgan. Ular orasida Jahongirmirzo Ibrohimov kabi dunyoning etakchi IT kompaniyalari bilan hamkorlik qilayotgan mutaxassislar bor. Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bugungi kunda axborot texnologiyalarini biladigan kadrlarga talab ortayotganligini bildirib, yangi markaz bunda muhim o‘rin tutishini ta‘kidladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 10.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft