Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1122025-07-10 16:27

Farg‘onada mehnat yarmarkasi va “Biznes marafon” trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752146800967.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752146804738.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752146808912.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752146812208.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752146815653.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752146818206.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752146821068.jpg

Farg‘ona davlat texnika universitetida mehnat yarmarkasi va “Biznes marafon” trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi Farg‘ona davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida mehnat yarmarkasi hamda “Biznes marafon” seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etildi. Tadbir Farg‘ona viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta‘lim, fan va innovasiyalar boshqarmasi hamda bir qator tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi. “Muvaffaqiyatli bandlik — sifatli ta‘limning ishonchli kafolati!” shiori ostida tashkil etilgan mehnat yarmarkasining asosiy maqsadi oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta‘minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishdan iborat bo‘ldi. Yarmarkada viloyatdagi 30 tadan ortiq yirik korxona va tashkilotlar ishtirok etib, 1 ming 200 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. Unda 2 ming 100 nafardan ortiq bitiruvchi talabalar qatnashdi. 1 ming 500 nafarga yaqin talabalar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Natijada 450 nafar talaba bilan ishga joylashish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 860 nafardan ortiq talabalar esa qo‘shimcha suhbatlar uchun yo‘llanma olishdi. Tadbirning ikkinchi qismida viloyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan 25 nafardan ziyod tadbirkor hamda tijorat banki xodimlari ishtirokida “Biznes marafon” seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotlar yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik g‘oyalarini shakllantirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 12.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft