Farg‘onada zamonaviy paxta terish texnikalari yig‘ilmoqda



Farg‘onada zamonaviy paxta terish texnikalari yig‘ilmoqda "O‘zagrolizing” AJ ning Farg‘ona viloyati filiali hududida “Svant Fergana” kompaniyasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan zamonaviy paxta terish mashinalarini yig‘ish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Rejaga ko‘ra, umumiy hisobda 300 dona texnika olib kelinishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunga qadar ularning 80 tasi to‘liq yig‘ib tayyor holga keltirilgan. Farg‘ona viloyatining o‘zida esa jami 130 dona texnikani yig‘ish rejalashtirilgan. Yig‘ilayotgan ushbu zamonaviy texnikalar bir qator ustunliklari bilan ajralib turadi. Eng avvalo, paxtani toza, sifatli va zarar etkazmasdan terib oladi. Bu texnikalar bir vaqtning o‘zida 500 nafar ishchining ishini bajara oladi. Bu esa paxta yig‘im-terimi mavsumida mehnat resurslaridan samarali foydalanish, inson resurslariga tushadigan bosimni kamaytirish va ayni paytda hosil yig‘imining tezkorligini ta‘minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu texnikalarning yonilg‘i sarfi ham odatdagi texnikalarga nisbatan ancha tejamkor hisoblanadi. Bu esa amaliyotda xarajatlarning sezilarli darajada kamayishiga olib keladi. Ushbu tejamkorlik elementi ekologik jihatdan ham muhim bo‘lib, qishloq xo‘jaligi texnikasining yashil texnologiyalar tamoyiliga mos ravishda takomillashtirilayotganidan dalolat beradi. Ushbu tashabbus nafaqat texnologik yangilanish, balki kadrlar salohiyatini oshirish va ilmiy-amaliy integrasiyani ta‘minlash nuqtai nazaridan ham juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi yondashuvlar orqali qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalar joriy etilib, soha yanada raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar etishtirishga qaratilgan kuchli platformaga ega bo‘ladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




Toshloq tumanida IT - shaharcha ochildi

Farg‘onada zamonaviy “Bilimdon” bolalar oromgohi ochildi