Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

35392025-07-12 13:20

"Qo‘qon texnoparki" maxsus sanoat zonasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar kiritish hisobidan elektrotexnika, mashinasozlik, kimyo va boshqa yo‘nalishlarda investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752308275159.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752308282800.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752308288625.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752308293707.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752308300181.jpg

Bugun yana bir yirik korxona-litiyli akkumulyatorlar ishlab chiqarish loyihasining qurilishiga start berildi. Shu munosabat bilan o‘tgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Dastlab 230 gektar maydonda amalga oshirilayotgan "Qo‘qon texnoparki" maxsus sanoat zonasining bosh rejasi va undagi istiqbolli loyihalar haqida ma‘lumot berildi. Shundan so‘ng “Hong Gang International” MChJ tomonidan Xitoylik investorlarning 60 million dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyasi asosida litiyli akkumulyatorlar ishlab chiqarish loyihasiga tamal toshi qo‘yildi. Loyiha 4 gektar maydonda joylashtirilib, yillik 1,4 million dona litiyli akkumulyator ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxonaga zamonaviy texnologiyalar o‘rnatiladi. Loyiha doirasida yiliga 708 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 300 nafar doimiy ish o‘rni yaratiladi. Viloyat hokimi loyihani o‘z muddatida va sifatli amalga oshirish zarurligini qayd etdi. Nuroniylar tomonidan ezgu tilaklar bildirilib, korxona qurilishiga kirishildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 13.08.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft