Xitoylik investor Farg‘ona davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda qator loyihalarni amalga oshiradi



Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning "SHANDONG DAFENG NIAO" kompaniyasi vakili Sao Shanlinni qabul qildi. Uchrashuvda mazkur kompaniya tomonidan Farg‘ona davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Kompaniya Farg‘ona davlat texnika universitetida 3 ta yo‘nalishda loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Qishloq xo‘jaligiga oid ilg‘or yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mazkur soha mutaxassislarini o‘qitish hamda Shandun provinsiyasidagi Shefan universiteti professorlari hamkorligida xitoy tilidan dars berish, shuningdek, ekskavatorlar uchun ehtiyot qismlari ishlab chiqarish loyihasi ham amalga oshiriladi. Kompaniya vakili shular xususida ma‘lumot berdi. Viloyat rahbari taqdim etilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirib, eng avvalo zamonaviy va ilg‘or texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish muhim maqsadlardan biri ekanini alohida ta‘kidladi. Yakunda istiqbolli loyihalarni qisqa fursatlarda amalga oshirish belgilab olindi. Uchrashuvda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori O‘ktam Salomov ham ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





