Farg‘onada “Vatan manzumasi” nomli adabiy-ma‘rifiy dasturi o‘tkazildi










Farg‘onada “Vatan manzumasi” nomli adabiy-ma‘rifiy dasturi o‘tkazildi Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyida “Vatan manzumasi” nomli adabiy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mustaqilligimizning 34 yilligi tantanalari oldidan o‘tkazilgan tadbirda turli soha vakillari, harbiy xizmatchilar, ularning oila a‘zolari va yoshlar ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tavsiyalari asosida Mudofaa va Madaniyat vazirliklari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, viloyat hokimligi hamda qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan tadbirda vatanparvarlik, mardlik va jasorat kabi ezgu fazilatlar ulug‘landi. Mamlakatimizdagi tinch va osoyishta hayot, ijtimoiy barqarorlik, hamjihatlik, o‘zaro mehr va muruvvat muhiti oliy qadriyat ekani musiqiy dastur orqali yana bir bor o‘z ifodasini topdi. Taniqli madaniyat namoyondalari, san‘atkorlar, estrada xonandalari va ijodiy jamoalarning chiqishlari tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Vatan, xalq, ona haqidagi she‘rlar o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar va go‘zal raqslar yig‘ilganlar e‘tiboriga havola etildi. Harbiylarning chiqishlari esa ishtirokchilar qalbida yurtga bo‘lgan mehr-muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘onada Xitoy kapitali ishtirokida yangi loyihalar amalga oshiriladi

Farg‘onada eksportyor korxonalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Farg‘ona viloyatida Mustaqillik bayramining shukuhi o‘zgacha

Nuroniylar sportda ham yoshlarga ibrat bo‘lmoqda