Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

422025-08-10 23:19

Farg‘ona shahrida qurilish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1754849936351.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1754849942355.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1754849948029.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1754849951794.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1754849954985.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1754849958337.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1754849961424.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1754849963677.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1754849967332.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1754849969896.jpg

Farg‘onalik bunyodkorlar sharaflandi Farg‘ona shahrida qurilish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, sohada fidokorona mehnat qilayotgan mohir quruvchi va muhandislar, usta va me‘morlar, loyihachi va mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbirda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullaev soha xodimlarini kasb bayrami bilan qutlab, viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning viloyatimiz qurilish sohasi xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Bayram tabrigida viloyatda qurilish sohasini rivojlantirishda, viloyatning zamonaviy qiyofasini yaratishda hissa qo‘shayotgan barcha qurilish sohasi vakillariga samarali, fidokorona mehnatlari uchun minnatdorlik bildirildi. So‘nggi yillarda viloyatimizda qurilish va uy-joy tarmoqlari jadal sur‘atlarda rivojlanib borayotgani ta‘kidlandi. 2025 yilda viloyatda 219 ta, 9 ming 900 xonadonli ko‘p qavatli uy-joy qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shulardan 98 ta, 4 ming 188 xonadonli uylar allaqachon foydalanishga topshirildi. Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlari va Farg‘ona tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarida qurilish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Shahar va tumanlarda eskirgan uy-joylar o‘rnida renovasiya asosida zamonaviy turar-joy majmualari barpo etilmoqda. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida chekka hududlarda yo‘l, muhandislik infratuzilmasi, ijtimoiy soha ob‘ektlari qurilishi izchil amalga oshirilmoqda. Joriy yilda 115 ta maktab, 19 ta maktabgacha ta‘lim muassasasi va 22 ta sog‘liqni saqlash ob‘ekti qurilishi va rekonstruksiyasi ko‘zda tutilgan. - Bugun Farg‘ona ulkan qurilish maydoniga aylangan. Yangidan-yangi uy-joylar, ishlab chiqarish ob‘ektlari, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport maskanlari viloyat qiyofasini tubdan yangilamoqda, - deya qayd etildi bayram tabrigida. Shuningdek, Quruvchilar kuni va yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi bilan bunyodkorlar yana bir bor muborakbod etilib, ularga samimiy tilaklar yo‘llandi. Tadbirda qurilish sohasining bir guruh vakillariga viloyat hokimligining faxriy yorliqlari va sovg‘alari tantanali topshirildi. San‘atkorlarning bayram dasturi esa barchaga zavqu shavq bag‘ishladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 11.08.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft