Farg‘onada Xitoy kapitali ishtirokida yangi loyihalar amalga oshiriladi





Xabar berib borayotganimizdek, Xitoy Xalq Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov rahbarligidagi delegasiya mazkur davlat tadbirkorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, qator muhim kelishuvlarga erishmoqda. Xususan, Shanxay shahrida yirik tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbati ham samarali bo‘ldi. Uchrashuv doirasida Farg‘onada Xitoy kapitali ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida Xitoy tijorat banki filialini ochish, viloyatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarini onlayn platforma orqali xorijga eksport qilish bo‘yicha o‘zaro manfaatli kelishuvlar imzolandi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi va qurilish mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish, renovasiya dasturi doirasida yangi ko‘p qavatli uylar qurish, yoritish qurilmalari va boshqa elektrotexnika vositalarini ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda ham dastlabki kelishuvlarga erishildi. Tashrif doirasida “O‘zbekiston–Xitoy” biznes-forumi ham tashkil etildi. Unda Farg‘ona viloyatining savdo-iqtisodiy salohiyati hamda yangi tashkil etilayotgan sanoat zonalaridagi imtiyozlar taqdimoti o‘tkazildi. Forumda Qo‘qon shahri va Xubey provinsiyasining Jingzhou shahri o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra, ikki hudud o‘rtasida investisiya, savdo-iqtisodiy, ta‘lim, qishloq xo‘jaligi, turizm va sport sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘onada “Vatan manzumasi” nomli adabiy-ma‘rifiy dasturi o‘tkazildi

Farg‘onada eksportyor korxonalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Farg‘ona viloyatida Mustaqillik bayramining shukuhi o‘zgacha

Nuroniylar sportda ham yoshlarga ibrat bo‘lmoqda