Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

682025-07-15 11:47

Oltiariq tumanida zamonaviy “Nuroniylar maskani” hamda “Yoshlar markazi” foydalanishga topshirildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752562009269.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752562013914.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752562017005.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752562019602.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752562022021.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752562025106.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752562028712.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752562031365.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752562034428.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752562037036.jpg

Oltiariq tumanida zamonaviy “Nuroniylar maskani” hamda “Yoshlar markazi” foydalanishga topshirildi. Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov barchani ushbu yangi bunyod etilgan zamonaviy maskan bilan samimiy tabrikladi. Yangi inshootlar mamlakatimizda keksa avlod vakillari va yoshlarga bo‘lgan yuksak e‘tibor ifodasi ekanligini ta‘kidladi. Tuman hokimi Shamsiddin Turdaliev, viloyat "Nuroniy" jamg‘armasi raisi Zokirjon Rahmonov o‘zlarining ezgu tilaklarini bildirishdi. Bozorboshi mahallasida “Tashabbusli byudjet” doirasida va 1 milliard 360 million so‘mlik loyiha asosida “Nuroniylar maskani” barpo etildi. Maskanda tuman “Nuroniy” jamg‘armasi uchun xizmat xonalari, kutubxona, sport va madaniy tadbirlar zali, tarixiy lavhalar, ko‘rgazmalar hamda dam olish maskanlari tashkil etilgan. Bu er nafaqat nuroniylar uchun maskan, balki yoshlar uchun ham faxr va ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi. 200 o‘rinli zamonaviy Yoshlar markazining ochilishi ham yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarga yanada keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Ushbu loyihani amalga oshirishga “Tashabbusli byudjet” hamda homiylik mablag‘lari hisobidan jami 1,8 milliard so‘m mablag‘ sarf etildi. Endilikda yoshlar mazkur maskanda bilim, malaka, zamonaviy texnologiyalar, sport va madaniyat sohalarida o‘zini sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi. Ramziy tasma qirqilib, yangi maskanda yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Yoshlar markazida tuman yoshlari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 16.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft