Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi







Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi Sessiya ishida viloyat kengashi deputatlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, ayrim viloyat Kengashi deputatlari videokonferensaloqa tizimi orqali qatnashdi. Dastlab viloyatda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta‘minlash borasida ichki ishlar organlari tomonidan 2025 yilning birinchi yarim yilligi mobaynida amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yilda ko‘riladigan ta‘sirchan chora-tadbirlar yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Ikramovning axboroti eshitildi. Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Farxod Ashmatov O‘zboshimchalik bilan egallab olingan er uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etish masalasi bo‘yicha xulosalar bilan tanishtirdi. Farg‘ona viloyati mahalliy byudjetining 2025 yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi yuzasidan viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i Zafarjon Ro‘zalievning hisoboti tinglandi. Sessiyada shuningdek, Quva tumani markazida aholi, tadbirkorlar va turistlarga qulay sharoitlar yaratish loyihasi doirasida kompensasiya evaziga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun tegishli er uchastkalarni olish, Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilishi rejalashtirilgan “O‘zbekistonda kichik gidroenergetikani rivojlantirish” loyiha konsepsiyasi, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilishi rejalashtirilgan “Chorvachilikni rivojlantirish va hayvonlar salomatligini oshirish” loyiha konsepsiyasi kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Sessiyada ko‘rib chiqilgan har bir masalalar yuzasidan Xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘onaga turistlar uchun zamonaviy avtobuslar olib kelindi

“Buyuklar haqida 100 ta dalil” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Farg‘ona va Shanlo shahri o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda