Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

612025-07-16 14:53

Farg‘onaga turistlar uchun zamonaviy avtobuslar olib kelindi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752659602507.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752659608498.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752659614469.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752659619359.jpg

Farg‘onaga turistlar uchun zamonaviy avtobuslar olib kelindi Quva tumanida faoliyat yuritayotgan “Dolina Avto Tur” MChJ tomonidan Farg‘onaga 6 ta zamonaviy, barcha qulayliklarga ega turistik avtobuslar olib kelindi. Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur yangi transport vositalarining texnik xususiyatlari va shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Turistik kompaniya rahbari Nosirjon Maqsudov viloyatda turizm salohiyatini yanada oshirish, mehmonlarga qulayliklar yaratish maqsadida mazkur avtobuslar olib kelinayotgani va bu jarayon bosqichma-bosqich davom etayotganini ma‘lum qildi. Xitoyda ishlab chiqarilgan va o‘ziga xos ko‘rinishdagi Yutong va Asia Star rusumidagi avtobuslar har biri 53 o‘rindiqqa ega bo‘lib, zamonaviy talablarga javob beradi. Ular keng va yumshoq o‘rindiqlar, kondisioner, telefon va gadjetlar uchun USB portlar, Wi-Fi tarmog‘i, suv kuleri kabi qulayliklar ega. “GPS” tizimi va videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Shuningdek, ushbu transport vositalari tog‘li hududlarda ham erkin harakatlana oladi. Viloyat rahbari yangi avtobuslarning imkoniyatlari bilan tanishar ekan, bunday tashabbuslar viloyatda turizm infratuzilmasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutayotganini ta‘kidladi hamda tadbirkor faoliyatiga omad tiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 17.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft