Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

892025-07-16 11:21

Viloyat hokimi Xitoy kompaniyalari bilan istiqbolli loyihalarni muhokama qildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752646746567.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752646753106.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752646757476.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752646765251.jpg

Viloyat hokimi Xitoy kompaniyalari bilan istiqbolli loyihalarni muhokama qildi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning "Hubei Chunbo" qurilish va muhandislik kompaniyasi rahbari Lyu Chuntao boshchiligidagi ishbilarmonlarni qabul qildi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar tobora rivojlanayotgani hamda investorlarga yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar haqida fikr almashildi. Ko‘plab yo‘nalishlardagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. IT tizimlarini loyihalash, dasturiy ta‘minot yaratish, ma‘lumotlar bazalarini shakllantirish, integrasiya va texnik xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yurituvchi "Zhongke Zhicheng" kompaniyasi vakillari tomonidan zamonaviy aqlli yoritgichlar o‘rnatish loyihasi taklif etildi. Buning uchun Farg‘ona shahridan ko‘cha tanlab olinib, loyiha namunaviy tarzda ko‘rsatib beriladigan bo‘ldi. "Hubei Chunbo" kompaniyasi rahbari Lyu Chuntao qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha taklif bildirdi. Ushbu loyihalar mahalliy iqtisodiyot rivoji va yangi ish o‘rinlari yaratilishida muhim ahamiyatga ega ekani ta‘kidlandi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bildirilgan barcha takliflarni qo‘llab-quvvatlashini va investorlarga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini ma‘lum qildi. Shuningdek, loyihalarni aniq reja asosida tezroq boshlash zarurligini ta‘kidladi. Daxldor mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi va hamkorlik masalalari yuzasidan kelishib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 16.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft