Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qirgulidagi "Neftchi" futbol klubi qarorgohiga bordi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qirgulidagi "Neftchi" futbol klubi qarorgohida bo‘lib, futbolchilarga mashg‘ulotlar uchun qulaylik yaratish maqsadida olib borilayotgan ta‘mirlash ishlarini o‘rgandi. Qarorgohdagi trenajor zallari, oshxona, yotoqxona, yuvinish xonalari, sport maydonlari ko‘zdan kechirildi.
Oshxonani sifatli qilib ta‘mirlash, jihozlar bilan ta‘minlash, yotoqxona va yuvinish xonalaridagi kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish, futbol maydonlariga sifatli chim yotqizish, muxlislar o‘rin-joylarini tartibga keltirish, qarorgoh atrofi va old hududini obodonlashtirib, manzarali daraxt ko‘chatlari ekish, berilgan topshiriqlarni sifatli qilib tugatish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Hukumat komissiyasi raisi Jamshid Xodjayev ishchi tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘ldi
Chinobod MFY kichik sanoat zonasidagi yangi investitsion loyihalar bilan tanishildi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Qo‘qon 1912” futbol klubi markaziy o‘yingohida bo‘ldi
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati mintaqaviy filialining yangi barpo etilgan maslahat poliklinikasi foydalanishga topshirildi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Click” kompaniyasi vakillarini qabul qildi.