O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Hukumat komissiyasi raisi Jamshid Xodjayev ishchi tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘ldi






O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Hukumat komissiyasi raisi Jamshid Xodjayev ishchi tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘ldi. Tashrif davomida Farg‘ona viloyatida xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Yirik xorijiy investorlarning loyihalari, ularning yangi tashabbuslari, mavjud muammolari to‘g‘ridan-to‘g‘ri va videokonferensiya aloqasi orqali muhokama qilindi. Shuningdek, J.Xodjayev Farg‘onada xorijiy va mahalliy tadbirkorlar tomonidan hamda xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarda yuzaga kelayotgan masalalarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan Hukumat komissiyasi tarkibidagi vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazib, kerakli topshiriqlarni berdi. Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan 40 dan ortiq muammolar joyida hal etildi. Respublika darajasidagi masalalarni hal etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi bayoniga tegishli takliflar kiritildi. Uchrashuvda 100 dan ortiq xorijiy va mahalliy tadbirkorlar, davlat idoralari vakillari ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





