Chinobod MFY kichik sanoat zonasidagi yangi investitsion loyihalar bilan tanishildi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Dang‘ara tumani Chinobod MFYdagi kichik sanoat zonasida bo‘lib, yangi investitsion loyihalar bilan tanishdi.
“Zumrad nur Kokand” MChJga qarashli “Bibax techno group” korxonasi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Mazkur korxonada xo‘jalik mahsulotlari, sovun, suyuq gel, poroshok ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan, o‘ndan ortiq ish o‘rni yaratilgan. Mahsulotlar ichki bozorga shuningdek, qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda. Korxona rahbari Habibjon Xalilov viloyat rahbarlariga shular xususida ma‘lumot berdi. Viloyat rahbari tadbirkor ishini yuqori baholab, faoliyatini yanada kengaytirib, ish o‘rnini ko‘paytirish kerakligini ta‘kidladi.
Viloyat hokimi o‘rganishlari davomida tadbirkorlarning xorijlik hamkorlari bilan birgalikda amalga oshirmoqchi bo‘lgan investitsion loyihalari taqdimoti bilan ham tanishdi.
Kichik turk MFYda barpo etilayotgan xizmat ko‘rsatish obyektlaridagi qurilish jarayonlari borib ko‘rildi. Bu yerdagi inshootlarning 1-qavatida qurilish materiallari, kutubxona, savdo markazlari va yana qator obyektlar joylashtiriladi. 2-qavatida asosan tikuvchilik tashkil qilinadi, 300 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Viloyat hokimi tumandagi “Dan-hosil” fermer xo‘jaligi dala maydonlarida bo‘ldi. Fermer xo‘jaligi tomonidan paxta mavsumida ham oldi o‘rinlarda rejani ortig‘i bilan bajarishga erishilgan. Bu yilgi rejalar ham yuqori. Fermer xo‘jaligidagi ariqlar betonlashtirilgan, daraxtlar oqlangan. Bahorgi ishlarga kirishilmoqda. Viloyat rahbari bilan muloqotda fermer Serobjon Farmonqulov yutuqlari, kelgusi rejalari haqida aytib berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Hukumat komissiyasi raisi Jamshid Xodjayev ishchi tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘ldi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Qo‘qon 1912” futbol klubi markaziy o‘yingohida bo‘ldi
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati mintaqaviy filialining yangi barpo etilgan maslahat poliklinikasi foydalanishga topshirildi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qirgulidagi "Neftchi" futbol klubi qarorgohiga bordi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Click” kompaniyasi vakillarini qabul qildi.