Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

7472025-02-10 16:01

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida farg‘onalik tadbirkorlar ham faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ular safi yanada kengaymoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739185275045.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739185280259.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739185283385.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739185287287.jpg

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidagi O‘zbekiston – Afg‘oniston chegarasida barpo etilgan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida farg‘onalik tadbirkorlar ham faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ular safi yanada kengaymoqda.

Viloyatimizdagi bir guruh tadbirkorlar “Termiz xalqaro savdo markazi”da bo‘ldi, erkin savdo zonasida joylashgan savdo do‘konlari, logistika markazi hamda u yerdagi imkoniyatlar bilan tanishildi. Mazkur hududdagi savdo do‘konlaridan foydalanish bo‘yicha 12 ta yangi shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Markaziy Osiyoda hozircha muqobili yo‘q erkin savdo zonasi 36 gektar maydondan iborat. Erkin savdo zonasida yaratilgan imtiyozlar doirasida barcha chet davlat fuqarolariga O‘zbekistonga kirish vizasiz 15 kun markazda bo‘lish va chiqish imkoniyati beriladi. Multivalyuta, ya‘ni O‘zbekiston so‘mi bilan birga AQSh dollari, yevro, Rossiya rubli va yuan qabul qilish tizimi joriy etilgan. Markaz hududiga keluvchi barcha tovarlar bojxona to‘lovlarisiz joylashtiriladi va chiqariladi. Hududda banklar, notariuslar va boshqa davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlari tashkil etilgan. Shuningdek, majmuada “Hilton Garden Inn” mehmonxonasi, “Akfa Medline” zamonaviy tibbiyot majmuasi, “Central Asia University” biznes maktabi, yirik savdo markazi, restoran, xostel, yiliga 900 ming tonna yuk aylanmasi quvvatiga ega yirik logistika markazi hamda ishlab chiqarish korxonalari barpo etilgan. Maydoni 50 ming kvadrat-metr bo‘lgan mingta savdo do‘koni, bir yilda 100 ming yuk mashinasini qabul qilish quvvatiga ega avtoturargoh qurilgan. Afg‘onistondan keluvchilar uchun Mozori Sharif shahridan har kuni avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Xalqaro savdo markazi Karachi-Termiz-Toshkent-Qozog‘iston-Rossiya transport koridorining muhim bog‘lovchi qismi hisoblanib, Hind okeani portlariga chiqish imkonini berishi bilan ham ahamiyatlidir.

Yirik majmuada zamonaviy texnologiyalar asosida mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash inshootlari mavjud bo‘lib, yuklarni “Yagona darcha” tamoyili asosida tezkor rasmiylashtirish uchun barcha qulaylik yaratilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741933216487.jpg

Farg‘onada harbiy xizmatchilar uchun o‘quv-uslubiy seminar tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741873278959.jpg

Farg‘onada milliy brend asosida traktorlar ishlab chiqariladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741861032894.jpg

Milliy armiyada xizmat qilish muqaddas burch va sharafdir

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741790085868.jpg

Olg‘a "Neftchi"! Biz birgalikda bitta kuchmiz!

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741714227514.jpg

Dolzarb bir oylik safarbarligi e‘lon qilindi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741713684004.jpg

Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan para velosportchiga uy sovg‘a qilindi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 14.03.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft