Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan para velosportchiga uy sovg‘a qilindi

Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan para velosportchi Odinaxon Hamdamovaga uy sovg‘a qilindi Para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 7-9 fevralь kunlari Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 26 ta medalь — 12 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza olib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 15 ta davlat o‘rtasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoa a‘zosi farg‘onalik Odinaxon Hamdamova 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov para velosportchi Odinaxon Hamdamovaga Farg‘ona shahridagi Ekoshahar – “Yangi O‘zbekiston” massividan kvartira kalitini topshirdi. Viloyat hokimi chempion qizni yutuqlari bilan qutlab, matonati va irodasi bilan boshqalarga ibrat bo‘layotganligini ta‘kidladi. Prezidentimiz tomonidan olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilib, 2028 yilda Los-Anjelesda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish maqsad qilingani to‘g‘risida aytib o‘tildi. Viloyatimiz sportchilariga, xususan, Odinaxonga Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar kiritishga zafarlar tilab, katta g‘alabalarga erishishiga umid va ishonch bildirildi. Ma‘lumot o‘rnida: O.Hamdamova 1991 yilda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. Hozirda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi. Tailand va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan musobaqalarda chempion bo‘lgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada tekstilь va to‘qimachilik sanoati rivoji yangi bosqichga ko‘tariladi

Viloyat hokimi Turkiyaning “Heyal Holding” kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi

Quvaytlik ishbilarmonlar bilan muhim shartnomalar imzolandi

“Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali ishtirokchilari taqdirlandi

Marg‘ilon shahrida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro maqom festivali boshlandi





