Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

38132025-03-13 18:43

Farg‘onada milliy brend asosida traktorlar ishlab chiqariladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741873278959.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741873291197.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741873296277.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741873303290.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741873311644.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741873315971.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741873320210.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investor Yuan Yanpin boshchiligidagi delegatsiya a‘zolarini qabul qildi.

Uchrashuvda Quvasoy shahridagi sanoat zonasida umumiy loyiha qiymati 100 mln dollar bo‘lgan, birinchi bosqichda 30 mln dollar sarflanishi ko‘zda tutilgan traktorlar ishlab chiqarish loyihasini boshlash masalasi muhokama qilindi.

Xitoylik hamkorlar bilan Farg‘ona traktor ishlab chiqarish korxonasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Joriy yilning yakuniga qadar “Tulpor” milliy brendi asosida bir nechta rusumdagi traktorlar ishlab chiqariladi. Korxona tom qismiga 2 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega quyosh panellari o‘rnatiladi va mustaqil o‘zini elektr bilan ta‘minlaydi.

Ikki bosqichli loyihaga ko‘ra, birinchi bosqichda traktorlar ishlab chiqaruvchi zavod quriladi va keyingi bosqichda butlovchi qismlar tayyorlash va texnik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida Smart texnologiyalardan foydalaniladi. Traktorlar mahalliy va xorijiy xaridorlarga yetkazib beriladi.

Dastlabki bosqichda 250 ta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvda viloyat hokimi loyihani belgilangan talablar asosida tezroq ishga tushirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini bildirib o‘tdi va mutasaddilarga hamkorlik bo‘yicha zarur topshiriqlar berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744807910929.jpg

Farg‘onada Guanchjou shahri ishbilarmonlari hamkorligida yangi loyihalar amalga oshiriladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744806046203.jpg

Viloyat delegatsiyasi Xitoyga amaliy tashrifi davomida Foshan shahrida joylashgan "Guangzhou Victel Technology Co., Ltd" kompaniyasida bo‘ldi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744798844776.jpg

Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Xitoyga amaliy tashrifi davom etmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744783017112.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning "SIGLEN" kompaniyasida bo‘lib, ishlab chiqarish faoliyatini ko‘zdan kechirdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744780096777.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Xitoyning Foshan shahrida joylashgan "Guangdong Shengte Electric Co., Ltd" kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744739907325.jpg

Farg‘onada AVCIT kompaniyasi raqamli texnologiyalarni joriy qiladi

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 17.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft