Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2312025-03-11 22:30

Dolzarb bir oylik safarbarligi e‘lon qilindi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741714227514.jpg

Prezidentimizning «Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi farmoyishi e‘lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2025-yil 11-martdan boshlab “dolzarb bir oylik” safarbarligi e‘lon qilindi.

Oylik doirasida:
• mahallalarda 29 mingta kichik ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish, zarur qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalar;
• aholi xonadonlariga 1,23 million bosh parranda, 24 ming oila asalari va 21 ming bosh qo‘y-echki va qoramol yetkazib beriladi;
• 400 ming gektar aholi tomorqalarida hamda 180 ming gektar ijara er maydonlarida sabzavot, poliz, kartoshka, dukkakli va boshqa serdaromad ekinlar ekiladi.

Vazirliklar, idoralar va tijorat banklari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari hudud, tuman va shaharlarga biriktiriladi.
• Shuningdek, "Bir mahalla - bir mahsulot” hamda ijara yerlarida" Bir kontur - bir mahsulot” tamoyili asosida serdaromad ekinlar ekilishi tashkil etiladi;
• "Yashil makon" loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekiladi va kambag‘al oilalarga mevali daraxtlar ko‘chatlari yetkazib beriladi;
• Mahallalarda mini-traktor va motokultivatorlardan foydalanib, aholi tomorqalariga ekish ishlari tashkil etiladi;
• Suv ta‘minoti og‘ir bo‘lgan 874 ta mahallada sug‘orish tizimini yaratish Navro‘z umumxalq bayramiga qadar yakunlanadi;
• Kambag‘al oilalarga moliyaviy ko‘mak paketlari (issiqxonalar, parranda, baliq, chorva mollari, asalarichilik uskunalari va ekish materiallari) yetkazib beriladi;
• Aholi daromadlarini oshirish maqsadida mikroloyihalar amalga oshiriladi;
Kambag‘al oilalar farzandlarini kasb-hunarga o‘qitish va davolanishlariga yordam beriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741713684004.jpg

Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan para velosportchiga uy sovg‘a qilindi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741679992632.jpg

O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741590882536.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumanida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741363065210.jpg

Farg‘onada chigit ekish ishlari boshlanishiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1741350307072.jpg

Yozyovon tumani yirik turizm maskani va yashil hududga aylanmoqda

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 12.03.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft