“Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investisiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi
![https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739188795633.jpg](https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739188795633.jpg)
2025-yil 3-fevralda “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Tajriba tariqasida ijarachilarning mustaqilligi va yuqori qo‘shilgan qiymatli ekinlarni yetishtirishga asoslangan qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ajratishning yangi tizimi joriy etilmoqda.
Yangi tizimni sinab ko‘rish uchun hozir bo‘sh turgan va 2025-yil hosili uchun paxta hamda g‘alla ekish mo‘ljallanmagan 3 ming 317 gektar yer tanlab olindi. Bundan tashqari, faoliyat yuritayotgan fermerlar tomonidan ixtiyoriy ravishda ajratilgan 2 ming 222 gektar yer maydonining 1 ming 778 gektari auksionga chiqariladi. Jami 5 ming 94 gektar yer savdoga qo‘yiladi.
Yerlar yaxlit konturlarda, 3 gektardan 50 gektargacha bo‘lgan maydonlar holatida taklif qilinadi.
Dehqon xo‘jaliklariga 253 ming gektar yer ajratishda yaxlit konturlar 10 sotixdan 1 gektargacha lotlarga bo‘lib sotiladi. Har bir lotning normativ qiymati, tuproq tarkibi va sifati tahlili natijalari aniqlanadi.
Auksionda barcha tadbirkorlar, shu jumladan, xorijiy investorlar ham cheklovlarsiz ishtirok eta oladi. Ijara muddati 49 yil etib belgilanadi. Yerdan foydalanuvchilar paxta va g‘alla ekishni majburiy emas, balki o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shartnoma asosida yerdan foydalanish huquqi sotilishi yoki garovga qo‘yilishi mumkin.
Davlat tomonidan suv ta’minoti kafolatlanadi. Har bir lot uchun suvning yillik eng past va eng yuqori limiti belgilanadi. Suv xo‘jaligi vazirligi va hokimliklar limit doirasida suv yetkazib berishni kafolatlaydi.
Auksion yerga 49 yillik ijara huquqini qo‘lga kiritish uchun o‘tkaziladi. Boshlang‘ich narx yer normativ qiymatining 50 foizi miqdorida belgilangan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
![https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739286217057.jpg](https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739286217057.jpg)
Viloyat hokimi viloyatimizdagi oliy o‘quv yurtlari, tizim va boshqarmalarda faoliyat olib borayotgan bir guruh yosh mutaxassislar bilan uchrashdi
![https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739279581226.jpg](https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739279581226.jpg)
Farg‘ona viloyatida 12-15 fevral kunlari kutilayotgan ob-havo ma‘lumoti
![https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739196253547.jpg](https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739196253547.jpg)
Viloyat hokimi Janubiy Koreyaning New&New Co.,Ltd kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi
![https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739195367331.jpg](https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739195367331.jpg)
Viloyat hokimligida xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
![https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739185275045.jpg](https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739185275045.jpg)
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida farg‘onalik tadbirkorlar ham faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ular safi yanada kengaymoqda