Viloyat hokimi Janubiy Koreyaning New&New Co.,Ltd kompaniyasi ta‘sischisini qabul qildi


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Janubiy Koreyaning New&New Co.,Ltd kompaniyasi ta‘sischisi Lee Ho Youngni qabul qildi. Uchrashuvda viloyatimizda kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. New&New Co.,Ltd – kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Janubiy Koreyadagi yirik kompaniya hisoblanadi. Mahsulotlar asosan o‘simlikdan olinadi. Kompaniya tomonidan 5 ming xilga yaqin turli kosmetika mahsulotlari ishlab chiqariladi. Muloqot chog‘ida kompaniya ta‘sischisi Lee Ho Young viloyat rahbariga shular xususida ma‘lumot berib, Farg‘onada kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish va tadqiqot markazini ochish rejalashtirilayotganligi shuningdek, Uchko‘prik tumanidagi “Mehrigiyo” korxonasi bilan hamkorlikda yangi loyihalar ustida ishlanayotganligini ma‘lum qildi. Viloyat hokimi Koreyaning kosmetika mahsulotlariga bo‘lgan talab yuqori ekanligini qayd etib, viloyatimizda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi hamda kerakli ko‘mak berilishini bildirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz





Farg‘ona viloyati va Xitoyning provinsiyalari o‘rtasida hamkorlik jadal rivojlanadi