Farg‘onada bahorgi ishlarga tayyorgarlik, chigit ekish tadbirlarini sifatli tashkil etish va g‘alla parvarishiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminarlar bo‘lib o‘tmoqda









Farg‘onada bahorgi ishlarga tayyorgarlik, chigit ekish tadbirlarini sifatli tashkil etish va g‘alla parvarishiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminarlar bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Toshloq, Yozyovon, Qo‘shtepa, Oltiariq, Rishton, Bag‘dod va Farg‘ona tumanlarida bo‘lib, bahorgi dala ishlariga tayyorgarlik ko‘rish, chigit ekish tadbirlarini sifatli tashkil etish, g‘alla parvarishi bilan bog‘liq jarayonlarni tizimli yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminarlarda ishtirok etdi.
Mazkur seminarlarda viloyat qishloq xo‘jaligi sohasi mas‘ullari, tumanlar hokimlari va sektorlari rahbarlari, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari rahbarlari, fermerlar hamda daxldor mutasaddilar, nuroniylar ishtirok etdi.
Viloyatda joriy yilda 72 ming gektar maydonga chigit qadalishi reja qilingan. Ayni kunlarda 94 ming 300 gektar maydonda g‘alla parvarish qilinmoqda.
Sanoqli kunlardan so‘ng bahorgi dala ishlariga kirishiladi. Albatta, bunda qishloq xo‘jaligi texnikalarini mavsumga tayyorlash muhimdir. Tumanlarda chigit ekish ishlari uchun 1800 ta kulьtivator, chopiq traktorlari va boshqa texnikalar jalb etilishi rejalashtirilgan.
Seminarda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov joriy yilda qishloq xo‘jaligida katta marralar ko‘zlanganini qayd etib, bunga yangi texnologiyalar, ilm-fanni joriy etish bilan erishish mumkinligi bildirdi. Soha xodimlari, ayniqsa, fermerlar oldida turgan dolzarb masalalar, xususan, lazerli texnika samarasi, 76 sxemada plyonka ostiga Xitoy chigiti ekishga tayyorgarlik, qulay vaqtda ekib, kerakli o‘g‘itni berib, agrotexnik tadbirlarni o‘tkazib, pirovardida yuqori samaradorlikka erishib, katta daromad qilish zarurligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
-Bu yil deqonlarimiz uchun sinovli yil. O‘rganib, izlanib dunyo tajribasidan foydalanishimiz, ilmiy yondashuv orqali paxtadan o‘rtacha 50 sentnerdan 70 sentnergacha hosil olish zarur. Chunki bozor mexanizmi shakllanmoqda. Bizga yuqori hosil, fermerlar uchun yaxshi daromad kerak, - dedi viloyat rahbari.
Shuningdek, fermer xo‘jaliklari dala maydonlarida zamonaviy agrotexnika vositalaridan foydalanish, g‘allani parvarishlash, sug‘orish va oziqlantirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Mutasaddilarga barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Tadbirlar davomida ilg‘or mexanizatorlar va fermerlar sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona shahridagi oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida yangi 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

“Boboshbek” ishlab chiqarish va savdo majmuasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Farg‘onada vazir va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investor Chu Hongyuni qabul qildi
Ayrim dehqonlarga 100 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi

Hasanqoralik millioner tomorqachilar; har qarich erdan unumli foydalanib, mo‘may daromad topmoqda