Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2782025-02-19 07:23

Quva tumanining og‘ir toifadagi “Boyiston” MFYda tomorqachilik rivojlantirilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739931700489.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739931710355.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739931716883.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739931721555.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739931734895.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739931740930.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739931748653.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739931753612.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739931759159.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739931762012.jpg

Quva tumanining og‘ir toifadagi “Boyiston” MFYda tomorqachilikni rivojlantirish, bu yo‘l orqali har bir oilani daromadli qilish uchun katta imkoniyat bor. Ko‘rgazmali seminar ishtirokchilari bu yerda tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdilar.

Ko‘chatchilik va dehqonchilikka ixtisoslashgan mazkur mahallada 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Ko‘chatchilik bilan 550 ta, limonchilik bilan 37 ta, gulchilik bilan 50 ta xonadon a‘zolari shug‘ullanib kelmoqda.

Seminar davomida “Boyiston” mahallasi hamda viloyatda barcha mahallalarning ixtisoslashuvi, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyilini joriy etish, mahsulotlarni ichki bozorga va eksportga chiqarish, bozorlarda narx-navoni kamaytirish, mahallaning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha taqdimot ham o‘tkazildi.

Tomorqa va dehqon xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jaligi hamda qayta ishlash yo‘nalishidagi mini texnologiyalar ko‘rgazmasi bilan tanishildi.

Kunning ikkinchi yarimida seminar qatnashchilari uchun “Qoraqum” mahallasidagi fermer, dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalariga agro xizmatlar ko‘rsatish markazida tomorqaga xizmat ko‘rsatish, resurslar ta‘minoti (urug‘lik, ko‘chatlar, meneral o‘g‘itlar, kimyoviy vositalar) va tomorqa texnikalari hamda agregatlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida hududlarda mahallalar kesimida shunday markazlarni ko‘paytirish zarurligi ta‘kidlandi.

Tumanlardagi mahallalardan kelgan yurtdoshlarimizga tomorqalar va ijara erlarida foydalanishlari uchun lizing asosida berilgan mini traktorlarning kalitlari topshirildi. Bunday jarayonlarni kengaytirish orqali yangi daromad manbalarini yaratish barobarida ekin erlaridan samarali foydalanish choralarini ko‘rish yuzasidan tavsiyalar aytildi. Lizing asosida mini traktorlar olishda yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida ma‘lumotlar berildi.

“Qoraqum” MFY drayveri bo‘lgan gulchilik va ko‘chatchilikdagi ilg‘or tajribalar bilan tanishildi.

Mahallada ko‘chatchilik bilan 471 ta, gulchilik bilan 359 ta xonadon shug‘ullanayotgan bo‘lib, bu erda tashkil etilgan atirgulchilik kooperasiyasi faoliyati hamda dehqon xo‘jaliklarida sabzavot va ko‘chatlar etishtirish jarayonlari haqida mehmonlarga ma‘lumotlar berildi.

Shu erning o‘zida aholiga ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qilingan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.

"Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida Quva tumanidagi qolgan mahallalarda ham gulchilikni rivojlantirish bo‘yicha mas‘ullarga topshiriqlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Tavsiya etamiz

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740152074954.jpg

Farg‘ona shahridagi oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida yangi 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740139711748.jpg

“Boboshbek” ishlab chiqarish va savdo majmuasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740117123371.jpg

Farg‘onada vazir va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1740070146815.jpg

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investor Chu Hongyuni qabul qildi

http://api3.fergana.uz/files/150000/news/file-2079333887672575.jfif

Ayrim dehqonlarga 100 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1739956932067.jpg

Hasanqoralik millioner tomorqachilar; har qarich erdan unumli foydalanib, mo‘may daromad topmoqda

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO'zbekiston, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A.Navoiy ko'chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 21.02.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft