Tomorqachilikdagi Farg‘ona tajribasi barcha mahallalarda ommalashtiriladi










Tomorqachilikdagi Farg‘ona tajribasi barcha mahallalarda ommalashtiriladi
Quvasoy shahridagi Arsif MFYda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari” bo‘yicha Respublika ko‘rgazmali amaliy seminari yakuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Uni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ochib berdi va olib bordi.
So‘z olganlar tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida Farg‘ona viloyatida amalga oshirilayotgan ilg‘or tajribalar bilan seminar ishtirokchilarini tanishtirish hamda ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat ekanligini ta‘kidladilar.
Shahar va tumanlar sektorlari rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari va “mahalla yettilik”lari tomonidan aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan mutasaddilarning ma‘ruzalari eshitildi.
Viloyatda 99 ta og‘ir ahvoldagi mahallalar borligi qayd etilib, hududlarda tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali aholi daromadlarini oshirish, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida har bir mahallani aniq bir yo‘nalishga ixtisoslashtirish, shuningdek, xonadonlarni kooperatsiya usulida biriktirish va yetishtirilgan mahsulotni markazlashgan holda realizatsiya qilinishini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Har bir mahallaning eksport salohiyatini yuksaltirish zarurligi, buning aniq mexanizmlari aytib o‘tildi.
Buning uchun yurtimizda barcha shart - sharoitlar mavjudligi, davlatimiz rahbarining ushbu yo‘nalishga e‘tiborlari, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, imkoniyat va imtiyozlar haqida ma‘lumotlar berildi.
Tumanlar hokimlari seminardan kelib chiqib o‘z oldilariga belgilab olgan vazifalari, xulosalari to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Oldinda turgan ishlar kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona shahridagi oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida yangi 400 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

“Boboshbek” ishlab chiqarish va savdo majmuasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Farg‘onada vazir va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investor Chu Hongyuni qabul qildi
Ayrim dehqonlarga 100 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi

Hasanqoralik millioner tomorqachilar; har qarich erdan unumli foydalanib, mo‘may daromad topmoqda