Quvonchli dil so‘zlari: “O‘zbekistonning baxtli fuqarosiman”









Muborak Ramazon hayiti arafasida Prezidentimizning farmoniga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi 20 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. Ularga pasport topshirish marosimi katta shodiyonaga aylandi.
Shu munosabat bilan viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat IIB boshlig‘i Azizbek Ikramov ishtirok etdi.
Viloyat rahbari barchani Ramazon hayiti bilan tabriklab, mamlakatimizda Prezidentimizning odilona va xalqchil islohotlari bilan minglab insonlarning vatanli bo‘lish, O‘zbekistonda teng huquqli yashash, o‘z uyida doimiy ro‘yxatdan o‘tish niyati amalga oshganligi, bu ezgu tashabbus davom etayotganligini e‘tirof etdi. “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan ezgu g‘oya muhim mezonga aylangani odamlarni hayotdan rozi qilishda o‘z samarasini berayotganligi ta‘kidlab o‘tildi.
Davlatimiz rahbarining kuni kecha qabul qilingan farmoni asosida viloyatimizdan ham 20 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingani ular va oila-a‘zolari uchun katta quvonch va bayramga munosib sovg‘a bo‘lganligi qayd etildi.
Tadbirda fuqarolikka qabul qilingan shaxslarga fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganlar bunday yuksak e‘tibor uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirishdi.
Ma‘lumot uchun, 2016-yildan buyon hozirgacha Farg‘ona viloyatida 3 ming 432 nafar shaxs mamlakatimiz fuqaroligiga qabul qilingan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tan olish bo‘yicha jami 5 ming 469 nafar shaxslarning fuqaroligi tan olindi va pasport (identifikasiya ID-karta) bilan hujjatlashtirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Xinjiang Yingjie Ecological Greening Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Lyu Insze boshchiligidagi kompaniya vakillarini qabul qildi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov turkiyalik mutaxassis Emrah Turkyilmaz bilan uchrashdi

Hududlarda kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida farg‘onalik yoshlar yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi