“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-61-son, 26.03.2025 y.) qabul qilindi. Farmon asosida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar ro‘yxati:
1. Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi!
2. TOP100 OTM PhD bitiruvchilari uchun 10 yilga foizsiz uy-joy ssudasi ajratiladi (806 mln so‘mgacha).
3. Kreativ park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari joriy qilinadi (ijtimoiy va daromad solig‘i 50%gacha kamayadi).
4. C1 sertifikatiga ega yoshlar chekka hududda til markazi ochsa, foizsiz ssuda oladi (120 mln so‘mgacha, 3 yil muddatga).
5. “Yorqin iste‘dod” loyihasi orqali mahallalardagi faol yoshlar xorijda o‘qitiladi, xarajatlar to‘liq qoplanadi (300 mlrd so‘m ajratiladi).
6. “El-yurt umidi” stipendiatlari tanlovsiz davlat ishiga qabul qilinadi va kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
7. Kreativ industriya parklari va ularning hududiy filiallari tashkil etiladi, biznes maktablar ochiladi.
8. Harbiy OTM namunali kursantlari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” stipendiyasi joriy etiladi.
9. Muhandislik olimpiadalari g‘oliblari mos OTMlarga grant asosida qabul qilinadi.
10. Milliy mediakontent va shoular uchun Yoshlar agentligi 100 mln so‘mgacha grant ajratadi.
11. Ekologik loyihalar uchun 10 mlrd so‘mli “Yashil tashabbuslar jamg‘armasi” tashkil etiladi.
12. Yoshlar agentligi binolari ijara daromadlari to‘liq rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
13. Toshkentda Robototexnika markazi tashkil etiladi (2025-yil).
14. Toshkentda Yoshlar teatr studiyasi ochiladi (2025-yil).
15. Samarqandda “Take Off” startap sammiti o‘tkaziladi (2026-yil, “Texnofest” doirasida).
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Xinjiang Yingjie Ecological Greening Co., Ltd” kompaniyasi rahbari Lyu Insze boshchiligidagi kompaniya vakillarini qabul qildi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov turkiyalik mutaxassis Emrah Turkyilmaz bilan uchrashdi

Quvonchli dil so‘zlari: “O‘zbekistonning baxtli fuqarosiman”

Hududlarda kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida farg‘onalik yoshlar yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi